Erdöğan va uning rafiqasini Toşkent xalqaro aeroportida prezident Mirziyoyev va uning rafiqasi kutib oldi.

Taşrif “Yangi Özbekiston” boği bilan tanişişdan boşlandi. Martabali mehmon Mustaqillik monumenti poyiga gulçambar qöydi. Şundan söng Köksaroy qarorgohida rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi.

Ma’lum qilinişiça, bu xorijiy davlat rahbari taşrifi çoğida “Yangi Özbekiston” boğida ötkazilgan birinçi şunday marosim böldi va kelgusida an’anaga aylanadi.

Taşrif doirasida oliy darajadagi Özbekiston–Turkiya strategik şeriklik kengaşining 2-yiğilişi bölib ötadi. Sammit yakunida qöşma bayonot va qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinişi rejalaştirilgan.

Eslatib ötamiz, Erdöğanning 2018 yildagi Toşkentga taşrifi vaqtida Özbekiston–Turkiya strategik şeriklik kengaşi tuzişga kelişib olingan edi. Kengaşning ilk yiğilişi 2020 yilda Anqarada bölib ötdi.

Prezident matbuot xizmati e’lon qilgan suratlar