Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada tovarni brend egasining ruxsatisiz import qilish qonuniylashtirildi
Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, parallel import yashirin kontrabanda turlaridan biri deb ko‘riladi. Ukrainadagi vaziyat munosabati bilan ko‘plab g‘arb kompaniyalari o‘z tovarlarini Rossiyaga yetkazib berishni to‘xtatgan.
Rossiya hukumati parallel importni qonuniylashtirish masalasini ma’qulladi, bu import qilinadigan mahsulotlarni yetkazib beruvchilarga ularni tovar belgisi egasining ruxsatisiz Rossiyada sotish imkonini beradi. Bu haqda 30 mart, chorshanba kuni «Interfaks» agentligi xabar qildi.
«Ushbu mexanizmning maqsadi - intellektual faoliyat natijalarini o‘z ichiga olgan tovarlarga bo‘lgan talabni qondirish. Shu paytgacha ularni mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz mamlakatimiz hududida sotish mumkin emas edi», dedi Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin sanksiyalar sharoitida mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini oshirish bo‘yicha hukumat komissiyasi yig‘ilishida.
«Bunday yondashuv, jumladan, xorijiy siyosatchilarning nodo‘stona harakatlariga qaramay, mamlakatimizga tovarlar yetkazib berishni kafolatlaydi», — dedi u.
Mishustinning so‘zlariga ko‘ra, mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz Rossiyaga olib kirish mumkin bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati sanoat tarmoqlarining taklifi bo‘yicha Rossiya Sanoat va savdo vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Parallel import yoki «xufiyona» import tovar belgisiga ega bo‘lgan tovarlarni tovar belgisi egasining ruxsatisiz mamlakatga olib kirishni anglatuvchi atamadir, ya’ni bunday tovarlar vakolatli dilerlar orqali rasmiy olib kirishga «parallel» ravishda kirib keladi.
Yaqin vaqtgacha parallel import Rossiya Fuqarolik kodeksining 1487-moddasi bilan taqiqlangandi, unga ko‘ra tovarlar to‘g‘ridan to‘g‘ri huquq egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan olib kirilishi mumkin. Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, «soyadagi» import tovarlarning qonuniy importi ko‘rinishida yashiringan kontrabanda hisoblanadi.
Biroq, Mishustinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya «yaqinda hukumatga dunyoning istalgan nuqtasida tovar egasi tomonidan sotilgan tovar belgisiga bo‘lgan huquqlar bekor bo‘lishini anglatuvchi xalqaro prinsip o‘rnatilgan mahsulotlar ro‘yxatini belgilash huquqini beruvchi qonunni qabul qildi».
Ukrainadagi vaziyat munosabati bilan ko‘plab g‘arb kompaniyalari Rossiyaga o‘z tovarlarini yetkazib berish va mamlakatda ishlashni to‘xtatganini e’lon qildi.
Mavzuga oid
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
09:30 / 27.06.2026
O‘zbekistonda import tovarlarini rasmiylashtirish tartibi o‘zgardi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026