O‘quvchilar va talabalar uchun “Zakovat stipendiyasi” beriladi
“Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoa a’zolari uchun yil davomida har oy “Zakovat stipendiyasi” beriladi. Tartib 2022–2023 o‘quv yilidan kuchga kiradi.

Foto: Kun.uz
O‘quvchi-yoshlar va talabalar uchun “Zakovat stipendiyasi”ni berish tartibi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, mazkur stipendiya intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida:
1-o‘rinni olgan o‘quvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 5 baravari miqdorida (hozirda 1 350 000 so‘m);
2-o‘rinni olgan o‘quvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 4 baravari miqdorida (hozirda 1 080 000 so‘m);
3-o‘rinni olgan o‘quvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 3 baravari miqdorida (hozirda 810 000 so‘m) belgilanadi va yil davomida har oy to‘lab beriladi.
Stipendiyalar Yoshlar ishlari agentligi orqali davlat budjetidan “Zakovat intellektual klubi”ga ajratilgan mablag‘lar hisobidan to‘lanadi.
Ushbu nizom talablari umumiy o‘rta ta’lim maktablari, prezident ta’lim muassasalari, o‘rta maxsus professional hamda oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan Zakovat intellektual klublari doirasida o‘tkazilgan o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi va talabalarga nisbatan tatbiq etiladi.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp soliqlar to‘g‘risidagi «katta ajoyib» qonun loyihasini imzoladi
Jahon | 08:37
-
Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi
O‘zbekiston | 08:25
-
Aliyev: Ozarboyjon AQSh bilan do‘stlik va sheriklikka alohida ahamiyat beradi
Jahon | 08:22
-
O‘zbekiston universiteti xalqaro reytingda eng kuchli 500 ta OTM qatoridan joy oldi
O‘zbekiston | 08:03
Mavzuga oid

11:28 / 03.06.2025
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi

16:09 / 13.05.2025
«El-yurt umidi» prezident stipendiyasi joriy etiladi

19:38 / 06.08.2024
“Zakovat” Osiyo kubogida O‘zbekiston jamoasi g‘alaba qozondi

10:04 / 06.08.2024