Ustuvor ilmiy yönalişlarda tahsil oladigan doktorantlar uçun oşirilgan stipendiya va qöşimça moliyaviy qöllab-quvvatlaş tizimi joriy etiladi. Bu haqda “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlaş va ularni attestatsiya qiliş tizimini takomillaştiriş töğrisida”gi prezident farmonida közda tutilgan.

2026 yil 1 sentabrdan quyidagi tartib amaliyotga kiritiladi:

  • doktoranturaga umumiy qabul kvotasining kamida 60 foizi ilmiy kadrlar tayyorlaşning ustuvor yönalişlariga oid ixtisosliklarga ajratiladi;
  • differensial stipendiya tizimi joriy etilib, ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul qilingan doktorantlarga bazaviy stipendiyaning 1,7 baravari miqdorida oşirilgan stipendiya tölanadi;
  • ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul qilingan doktorantlarga tadqiqot işida zarur böladigan asbob-uskuna va boşqa tovarlarning xaridi uçun har oy bazaviy stipendiyaning 30 foizi miqdorida qöşimça mablağ doktorant tahsil olayotgan oliy ta’lim yoki ilmiy taşkilotga yönaltiriladi;
  • tayanç doktorantura bosqiçining birinçi öquv yilida sohaviy maxsus fanlar, ilmiy-tadqiqot metodologiyasi va akademik yoziş, statistika va ma’lumotlar tahlili kabi fanlar böyiça öquv maşğulotlari taşkil etiladi.

Ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul kiriş imtihoni örniga ilmiy tadqiqot işi taqdimoti ötkaziladi. Bunda taqdimotga qöyiladigan talablar oliy ta’lim va ilmiy taşkilot tomonidan mustaqil belgilanadi. Ilmiy rahbarga doktorantning ixtisosligiga mos fan tarmoğida ilmiy tadqiqot tajribasiga ega böliş talabi joriy etiladi.

Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilişda tegişli fan yönalişlarida milliy sertifikatga ega bölgan talabgorni mutaxassislik fani böyiça imtihondan ozod etib, unga maksimal ball beriş tartibi bekor qilinadi.

2027 yil uçun qabuldan boşlab ilmiy rahbarlik (maslahatçilik) uçun oylik tölov örniga tayanç doktoranturaga qabul qilingan stajyor-tadqiqotçi va öz vaqtida himoya qilgan doktorant uçun bir martalik rağbatlantiruvçi tölov tölanadi. Bunda:

  • Xirş indeksi böyiça körsatkiçi 5 dan kam bölgan ilmiy rahbarga mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 40 baravarigaça miqdorida;
  • Xirş indeksi böyiça körsatkiçi 5 dan yuqori bölgan ilmiy rahbarga mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 80 baravarigaça miqdorida pul tölanadi.