Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Hadid elektromobillar avtosaloni ochildi
2022 yil 1 aprel kuni Hadid kompaniyasining 2-sonli elektromobillar avtosalonining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Bir yil avval o‘z faoliyatini boshlagan Hadid avtosaloni turli klassdagi Osiyo, Yevropa va AQSh elektromobillarini o‘z mijozlariga taklif qilib kelmoqda. 2022 yil 1 aprel kuni Hadid kompaniyasining 2-sonli elektromobillar avtosalonining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Bir vaqtning o‘zida 50 nafar mijozga xizmat ko‘rsatishga qaratilgan avtosalon ochilishiga tashrif buyurgan mehmonlar uchun Hadid kompaniyasidan shou dastur va taqdimotlar tashkillashtirildi. Kompaniya rahbariyati tomonidan avtosalon tantanali ochilishi e’lon qilinganidan so‘ng tashqarida yig‘ilgan mehmonlar lyuks klassdagi elektromobillar va tashqi chiroqlar yordamida tashkillashtirilgan light show guvohi bo‘lishdi. Avtosalon eshiklari ochilganidan keyin esa mehmonlar Hadid avtosaloni ichiga tashrif buyurib, u yerda mujassam bo‘lgan elektromobillarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Shu bilan birga, Hadid kompaniyasi o‘z tarixi, mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlari va kelajak rejalari haqida taqdimot o‘tkazdi.
Tantanali ochilish kechasida avtosalon mehmonlari yangi elegant HiPhi X elektromobili taqdimotining guvohi bo‘ldilar. Xitoyda ishlab chiqarilgan noyob dizaynlik elektromobil O‘zbekistonda ilk bor Hadid avtosaloni tomonidan 3 xil rang va komplektatsiyada mijozlarga taqdim qilindi. HiPhi X elektromobili to‘liq video-taqdimotini Hadid’ning YouTube kanalida ko‘rish mumkin.
Hadid avtosalonlari barcha turdagi elektromobillar ishqibozlari uchun dam olish kunlarisiz 10:00 dan 20:00 gacha xizmat ko‘rsatadi.
Fursatdan foydalanib, Hadid kompaniyasi butun Islom olamini taqvo va Qur’on oyi bo‘lmish Ramazoni sharif kirib kelgani munosabati bilan samimiy qutlab, chin qalbdan tabriklab qoladi.
Hadid avtosaloni manzili.
Telefon: +998991170306
Facebook: fb.com/hadidmotors
Instagram: instagram.com/hadidmotors/
Telegram: t.me/hadidmotors
YouTube: Avtosalon Hadid
Reklama huquqi asosida