Navoiy viloyati Nurota tumani markazi kiçik şaharga öxşaydi: uylar ança tiğiz, taşkilot va davlat muassasalari bir-biriga yaqin joylaşgan, piyoda ham aylanib çiqiş mumkin. Ammo şunday bölişiga qaramay, şaharça yöllarida maşinalarning keti uzilmaydi.

Turizm yaxşi rivojlanayotgan uşbu hududda kelib-ketuvçi sayyohlardan taşqari 1-2 çaqirim naridagi işxonasiga maşina minib boruvçilar ham köp. Biroq 72 yoşni qarşilab, bugun nafaqa gaştini surayotgan Boli Şaripov butun faoliyati davomida işga velosipedda qatnagan. U hamon velosiped ustida “yaşamoqda”. Aytişiça, unga maşina olişni tavsiya qilganlar köp bölgan. Biroq u iqtisodiy imkoniyati yetsa ham bunga könmagan. 

Boli akaning qat’iy kun tartibi bor. Ertalab hovlisidagi özi yaratgan boğda mehnat qiladi. Nonuşta, tuşlik va keçki ovqat belgilangan vaqtdan keçikmaydi. Peşindan söng esa velosipedda sayrga çiqadi. Şaharçani aylanib, taniş-bilişlar bilan hol-ahvol söraşgaç, Nurota çaşmasidan suv olib, uyga qaytadi. Uning yana bir qat’iy odati şuki, köçaga rasmiy kiyimsiz, böyinboğ taqmasdan çiqmaydi.

“Nafaqaga çiqqanlariga 11 yil böldi. Hali ham töy-ma’rakalarga böyinboğ taqib boradilar. Qöying endi, desam “Onasi, men bu böyinboğ uçun 7 yil öqidim. Yoşligimda ota-onamdan erta ayrildim, yetimlikda ösdim. Qiynalib talaba böldim, Toşkentda öqişdan böş paytlarimda hovlilarda mardikorçilik qilib, özimni ta’minlaganman. Şuning uçun böyinboğni yeçgim kelmaydi”, deydilar. Umrlari velosiped ustida ötdi. Hozir ham har kuni bir marta velosiped minib, köça aylanib keladilar, çaşmadan suv keltiradilar. Velosiped bizning Volgamiz, har kuni çanglarini artib, yaxşi kayfiyatda kuzatib yuboraman”, — deydi turmuş örtoği Rohila Bozorova.

Boli Şaripovni nurotaliklar “velosipedçi amaki” deyişadi. Sababi uni piyoda yoki maşinada deyarli körişmagan. Olis manzillarga borgandagina maşinaga minadi. Velosipedni inson salomatligi va ekologiya uçun foydali, qolaversa xarajatsiz texnika, deb biluvçi qahramonimiz çin ma’noda unga mehr qöygan.

Boli aka velosiped haqida şunday deydi:

“Yoşligimizda 20-25 kilometr masofalarga ötin tergani borardik. Ötinni eşakka yuklab yuborib, özimiz velosipedda qaytardik. Insonning biror a’zosi yöqki velosipeddan foyda körmasa: muskullar baquvvat böladi, nafas oliş yaxşilanadi, tanada tuzlar töplanmaydi, öpka faoliyati yaxşilanadi va hokazo. Maşina odamni kasal qiladi. 4-5 kişi bilan maşinada Toşkentgaça borsangiz, boşingiz oğrib, mazangiz qoçib qoladi. Çunki maşina salonida kislorod kam böladi, töyib nafas ololmaysiz. Velosipedning yana bir muhim tomoni – insonlar diydoriga töyasiz, tabiatga zarar yetkazmaysiz, xarajati deyarli yöq. Şuning uçun, velosipedning foydasini bilgan insonlar işga unda borib keladi. Bu huzur bağişlaydi odamga, maza qilasiz. Töğri, maşina ham kerak, faqat uzoq yöllarga. Menga batareya bilan özi harakatlanadigan velosipedlarni ham tavsiya qilganlar köp böldi. Lekin könmadim. Velosipedning eng muhim jihati uning “pedal”ini aylantirişda. Şunda uning foydasi köp böladi”.

Velosiped işqibozi tomorqada mehnat qilişni ham yoqtiradi. Uni tajribali boğbon deyiş mumkin. Hovlisida mö’jazgina boğ yaratgan. Boğda turli navdagi uzumlarni, 10 xildan ortiq mevali daraxtlarni köriş mumkin.

Boliqul Şaripov umrini sanitariya-epidemiologiya sohasiga bağişlagan. Turmuş örtoği esa köp yillar boğça mudirasi vazifasida işlagan. Ular 5 nafar farzandni tarbiyalab, oliy ma’lumotli qilişgan. Farzandlari bugungi kunda turli lavozimlarda mehnat qilişadi.

Ruslan Saburov, Kun.uz muxbiri
Montaj ustasi – Jahongir Aliboyev