Qayd etilişiça, respublika işçi guruhi ikki oy davomida hududlarda yerosti çuçuk suvlardan foydalaniş, daryo özanlarida qum-şağal qaziş işlarining yerosti çuçuk suvlarga salbiy ta’sirini örganib çiqdi.

Toşkent viloyatidan oqib ötgan Çirçiq daryosi Çirçiq yerosti çuçuk suvlar konini doimiy töyintirib turadi. Uşbu konda 5 ta yerosti guruhli içimlik suvi oliş inşootlaridan 3 tasi (Qibray, VU-1, Niyozboş) daryo özanida joylaşgan. Suvli qatlam törtlamçi davr yotqiziqlariga tegişli bölib, qatlamning qalinligi 20-70 metr, Yangiyöl va Çinoz şaharlari atrofida 120-350 metrni taşkil qiladi. Içimlik suvi ta’minoti uçun foydalanilayotgan mazkur inşootlardagi quduqlar çuqurligi Toşkent şahrigaça bölgan hududda 20-70 metr, Yangiyöl va Çinoz şaharlari oraliğidagi hududda 70-350 metrni taşkil etadi. Örganiş davomida kuzatuv quduqlaridagi yerosti suv sathi 2-5 metrni taşkil qilib, yil davomida tebranişi 1-3 metrni taşkil etgan.

Toşkent viloyati Quyi Çirçiq tumanida joylaşgan «VU-1» suv oliş inşooti, 180-sonli kuzatiş quduğida suv sathi pasayişi kuzatilgan.

Ma’lumot uçun: örtaça yillik yerosti suv sathi 2014 yilda 2,15 metr bölgan bölsa, hozirda 5,38 metr bölib, 3,23 metr sath pasaygani aniqlangan. Inşoot yaqinida qum-şağal karerlari mavjudligi ham sizot suvlari 1-2 metr pasayişiga ta’sir etgan.

Zarafşon daryosining mamlakatga kirib keliş nuqtasi – «Ravatxöja» töğonidan Kattaqörğon şahrigaça bölgan oraliğida «Zarafşon daryosining hozirgi havzasi» yerosti suv koni joylaşgan. Uşbu konga jami 16 ta guruhli yerosti suv oliş inşootlari boğlangan bölib, şundan 4 tasi (Çöponota, Dagbid, Murtak, Damxöja) Zarafşon daryosi özaniga juda yaqin joylaşgan.

Örganiş işlari davomida uşbu inşootlarning kuzatuv quduqlarida yerosti suv sathi 4,6-10,8 metr çuqurlikda bölib, yil davomida mavsumiy tebranişi 1,0-2,5 metrni taşkil qilgani aniqlangan.

Daryo özanida yerosti suvli qatlamlarining köproq oçilişi, 100-500 metr radiusdagi hududda, birinçi suvli qatlam – grunt suvlari sathining 1-2 metr pasayişiga olib kelgan. Aholining şaxsiy ehtiyojlari uçun işlatayotgan qölbola quduqlar (kaçalka, yerosti quduqlar)dagi suv sathiga ta’sir etmoqda.

«Özgidromet» xizmatining 2012-2021 yillar oraliğida kuzatuvlar tahliliga köra, iqlim özgarişi tufayli yoğingarçilikning kam bölişi, ayrim yillarda vegetatsiya davrida qurğoqçilik röy bergan, Çorvoq suv omboriga (Çirçiq daryosiga) va Zarafşon daryosiga 2013-2014, 2018, 2020 va 2021 yillarda me’yordan 10-15 foiz kam suv kelişi kuzatilgan.