Moziy sinoatlarini biliş har bir inson uçun qiziq. Oldingi davr odamlarining yaşaş tarzi, ularning uy jihozlari, anjomlari, mehnat qurollari qanday bölgani haqida esa muzeylardagi eksponatlar sözlaydi.

Izboskan tumani Löğumbek qişloğidagi 57-ixtisoslaşgan davlat umumta’lim maktabida bundan 60 yil oldin muzey taşkil qilingan. Muzey bilan tanişarkanmiz, undagi osori atiqalarning köpligi va ularning qiymati bizni hayratga soldi.

1963 yili maktabning tarix öqituvçilari taşabbusi bilan ilk qadimiy jihozlar yiğiş boşlanadi. Bunda öqituvçilar, öquvçilar va Löğumbek aholisi faol iştirok etadi. Aholi öz uylaridagi qadimiy aşyolarni maktabga keltirib bera boşlaydi. Avvaliga bitta şkafni egallagan muzey, ayni paytda alohida bölimlarga ega dargohga aylangan.

Bizni hayron qoldirgani numizmatika – tangalar bölimi böldi. Tangalar insoniyat rivojlanişining tadrijiy jadvali böyiça yiğilgan. Birinçi tanga pul miloddan avvalgi 7-asrda qadimgi Yunonistonda olimpiya öyinlari şarafiga zarb etilgan bölib, undan söng Kuşon davriga oid, söng esa arab xalifaligi tangasi va şu davrgaça bölgan tangalar mavjud.

Bölimda 17-18-asrlarga taalluqli qoğoz pullar va turli davlatlarning pullarini köriş mumkin. Eng qiziği, mazkur kolleksiyadagi har bir tanga bugungi kunda ançagina qiymatga ega. Bu haqda quyida yana söz yuritamiz.

Muzey asosçisi, faxriy ustoz Abdumalik Abdurahmonov bilan suhbatimiz uzoq davom etdi.

“Muzeyimizda ayni paytda 5 mingdan ortiq tarixiy buyumlar bor. Ular insoniyat rivojlaniş davrlarini öz içiga olgan. 1963 yili tarix öqituvçisi, ustozimiz Sotqinboy Tojiboyev taşabbus qilib: “Kelinglar, qişloq, mahallalarimizdan eski ota-bobolarimiz foydalangan buyumlarni topib, yiğib, muzey qilamiz” degandi. Avvaliga kiyim-keçak, mehnat qurollari töplandi. Söng qiziqiş kuçayib muzeyni boyitişga tuşib ketdik.

Eksponatlarni töplaş uçun uyma-uy yurib şuğullanganmiz. Atrofdagi aholi katta yordam bergan.

Löğumbek qişloği qadim Elaton davlati hududida joylaşgan, şuning uçun bu yerda qaziş işlarini olib boriş natijasida miloddan avvalgi 5-asrlarga taalluqli sopol idişlar, hatto Budda tasviri tuşirilgan közalar ham topilgan.

Şu tariqa, muzeyimizda qişloğimiz, ölkamizning tarixini körsatib beradigan eksponatlar yiğildi. Bu, ayniqsa, maktab öquvçilari uçun katta boylik. Öqituvçilarimiz muzeyda dars ötişadi. Har bir davrni, tarixiy voqelikni tayyor eksponat-körgazmali qurol bilan tuşuntiriş qanday yaxşi. Muzeyimiz bilan tanişgani dunyoning köp mamlakatlaridan ham kelişgan”, – deydi Abdurahmon Abdumalikov.

Beş mingdan ziyod bahosi yöq eksponatlarning qay biri haqida gapirişni ham bilmaymiz. Muzeydagi eksponatlar içida Löğumbek qişloğidan topilgan qadimgi buddaviylik davriga oid sopol idişlar, 7-9-asrlarga oid idişlar, 12-13-asrlarga oida mis qumğonlar, örta asrlarda foydalanilgan mehnat qurollari, 16-18 asrlarga taalluqli çarx, çiğiriq, çilim, omoç, xirmon toşi, moyçiroq, töpponçalar, qiliçlar, şamçiroqlar... Eh-he... aqlni şoşiradigan eksponatlarning qay biriga ta’rif berişni ham bilmaydi kişi.

15-16 asrlarda hukm çiqargan Löğumbek qozilarining arab imlosida yozilgan muhri, ölkamizni Çor Rossiyasi bosib olgan davrlardagi uyezd boşliği muhri muzeyning eng zör eksponatlaridan.

Ötgan asr 1939 yili 45 kunda bunyod etilgan Katta Farğona kanalini qazişda iştirok etgan Töxtamat polvonga tegişli bölgan bahaybat ketmon ham bor. Muzey asosçisining aytişiça, böyi 2 metr bölgan Töxtamat polvon tuşlik paytida palovni mana şu katta tovoqdek keladigan ketmonga soldirib tanovul qilgan.

14 asrlarga taalluqli tegirmonçi burğusi, Nikolay davridagi pullar juda yaxşi saqlangan. Ötgan asrga tegişli kinoapparatda tarixga aylangan lahzalarni tomoşa qildik.

Abdumalik domladan eksponatlarga xaridorlar çiqqan-çiqmagani haqida söraymiz.

“Eksponatlarni sörab rosa köp kelişgan. Bilasizmi, bu yerdagi narsalarning narxi yöq. Ular tarixdan söylaydi. Bebaho. Men heç kimga heç narsa bermaganman. Axir bu eksponatlar şu makon – Löğumbek qişloğining mulki”, deydi muzey asosçisi.

Katta qiymatliklarga ega muzey xonasi heç qanday himoyalanmagan. Eşiklar yoğoçdan, derazalar panjarasiz. “Şu paytgaça Xudo saqladi. Endi baribir çorasini köriş vaqti keldi”, deydi Abdumalik Abdurahmonov.

Biz videomaqolani tayrlaşga kirişgaç, Izboskan tumani hokimi Serobiddin Ismoilov bilan boğlanib, muzeyni himoyalaş haqida kömak berişini söradik – çunki, maqola keng ommaga namoyiş qilingaç, eksponatlarga “xaridor” köpayib ketişi mumkin degan taxminimiz bor edi.  Tuman hokimi derazalarga panjaralar örnatiş işlari boşlanganini aytdi.

Biz esa öquvçilarimizni yaşab turgan zaminimiz tarixi bilan tanişiş uçun Izboskandagi maktab muzeyiga borişga çorlab qolamiz.

Elmurod Ermatov,
Kun.uz muxbiri

Tasvirçi va montaj ustasi –
Azizbek Ismoilov