O‘zbekiston | 07:50 / 21.04.2022
8050
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda tezlikni oshirgan BMW litsey yonida daraxtga urilib, ag‘darilib ketdi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida BMW ag‘darilib ketdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qildi.

2022 yilning 20 aprel kuni taxminan soat 07:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani, Niyozbek ko‘chasidagi International House Tashkent akademik litseyi qarshisida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

1994 yilda tug‘ilgan K.J. “BMW” rusumli avtomashinani boshqargan vaqtida tezlikni oshirib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. Natijada, avtomashina yo‘l chetidagi daraxtga urilib, ag‘darilib ketgan. 

Haydovchi va saloni ichida bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilishgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Mavzuga oid