Adliya vazirligi tomonidan işlab çiqilgan «Özbekiston Respublikasining Oila kodeksiga özgartişlar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun e’lon qilindi. Unda nikohdan ötiş uçun ariza berilganidan söng 1 oy kutiş tartibini bekor qiliş nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi qabul qilinsa, nikohlanuvçi şaxslar majburiy tibbiy körikdan ötgandan söng 1 oylik muddatni kutmasdan nikohini rasmiylaştirişi mumkin böladi.

Amaldagi qonunçilikka köra, nikohlanuvçi şaxslar FHDYoga ariza berganidan vaqtdan boşlab 1 oy ötgaç nikohi qayd qilinişi belgilangan. Bu vaqtda nikohlanuvçi şaxslar majburiy tibbiy körikdan ötgan bölişi lozim.

Alohida hollarda, ya’ni homiladorlik, bola tuğilişi, bir tarafning kasalligi, xizmat safari kabi uzrli sabablar bölganda 1 oylik muddat qisqartirilgan holda nikohni qayd qilişga ruxsat berilgan.

Adliya vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimining ma’lum qilişiça, amaliyotda nikohni qayd qilişning 1 oylik muddatini qisqartiriş uçun ayrim fuqarolar FHDYo organlariga soxta tibbiy ma’lumotnomalar taqdim etiş, FHDYo va soğliqni saqlaş organlarida ortiqça qoğozbozlik, byurokratiya va korrupsiyaviy holatlarga yöl qöyiş kabi salbiy holatlar kuzatib kelingan.

Tahlillarga köra, nikohni qayd qiliş uçun 2021 yilda 300 mingdan ortiq, 2022 yilning 1-çoragida 45 mingdan ortiq arizalar kelib tuşgan bölib, ariza topşirilgan vaqtdan boşlab bir oylik muddatda arizalarni qaytarib oliş yuzasidan murojaatlar kelib tuşmagan.

Vazirlikning ta’kidlaşiça, qonun loyihasining qabul qilinişi fuqarolarning ovoragarçiligiga çek qöyadi, FHDYo va soğliqni saqlaş organlarida qoğozbozlik, byurokratiya va korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etadi, otalikni belgilaş kabi ortiqça qiyinçiliklarning oldini oladi.