Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quyi bo‘g‘indagi suv xo‘jaligi xizmatlarining vazifalari belgilandi
Foto: Over Vitens
Vazirlar Mahkamasining “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Prezident qarori bilan quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilangan:
- qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni va aholi tomorqalarini suv resurslari bilan ishonchli ta’minlash;
- irrigatsiya tizimlari va sug‘orish tarmoqlarini hamda ulardagi gidrotexnika inshootlarini doimiy texnik soz holatda ushlab turish;
- yirik qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni o‘z hududida suvni boshqarish va taqsimlash ishlariga jalb qilish;
- iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan ta’minlashga oid davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini keng joriy etish;
- suvning hisobi va hisobotini avtomatlashtirilgan tizimlar orqali yuritish.
Tuman irrigatsiya bo‘limlari tarkibida belgilangan tartibda suv iste’molchilariga suv yetkazib berish, xo‘jaliklararo sug‘orish tarmoqlaridan foydalanish, ularni ta’mirlash-tiklash ishlarini tashkil qilish bo‘yicha suv xo‘jaligining maxsus xizmati tashkil etiladi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Suv xo‘jaligi vazirligining maxsus xizmati tomonidan suv yetkazib berish va ko‘rsatilgan boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun haq to‘lash hamda ushbu xizmatlarni ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom;
- davlat suv xo‘jaligi obektlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga oladigan klasterlar ro‘yxati;
- davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektor boshqaruviga beriladigan davlat suv xo‘jaligi obektlarining tumanlar kesimidagi asosiy ko‘rsatkichlari;
- davlat suv xo‘jaligi obektlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sherikka berish hamda xususiy sherikning investitsiya salohiyatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi.
Mavzuga oid
09:32 / 07.02.2026
2027 yildan suvdan foydalanish solig‘i suv tejamkorligiga bog‘lanadi
09:40 / 28.01.2026
Biznes-ombudsman: mahalliy hokimiyatning 220 ta noqonuniy qarori bekor qilindi
21:10 / 21.01.2026
BMT «global suv bankrotligi» davri boshlanganini e’lon qildi
16:08 / 10.01.2026