Qabulga 1,5 oy qolganda filologiya yo‘nalishining 2-fani o‘zgarib ketdi
2022 yilgi davlat OTMlari bakalavriatiga qabul uchun fanlar majmuasi tasdiqlandi. Unda filologiya, o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishlarida 2-fan tarix o‘rniga chet tili ekani aniq bo‘ldi. Biroq imtihonga juda oz qolganda chet tilidan imtihon topshirishini bilgan abituriyentlar norozi bo‘lishmoqda.
Bugun, 26 aprel kuni Davlat test markazi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mutasaddilari ishtirokida joriy yilgi qabul masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanda Kun.uz muxbiri mutasaddilardan yaqinda e’lon qilingan fanlar majmuasida o‘zbek tili va adabiyoti, filologiya yo‘nalishlarida mutaxassislik fanlar blokidan tarix olib tashlanib o‘rniga chet tili qo‘yilgani va bundan abituriyentlar nega oldinroq xabardor qilinmagani haqida so‘radi.
“Fanlar majmuasidagi o‘zgarishlar mutaxassislik OTMlar tomonidan asoslab berilgani uchun kiritiladi. Masalan, filologiyada ham chet tili tarixdan ko‘ra muhimligi asoslab berilgan. Men bu yo‘nalishda mutaxassis emasman, lekin soha mutaxassislari xorijiy til muhimligi taklifi bilan chiqishgan.
To‘g‘ri, bu yerda biroz kechikish bor: bu yashiradigan holat emas. Lekin bu yo‘nalishga hujjat topshiruvchi barcha abituriyentlar uchun sharoit bir xil. Qaysidir hududda eskicha, qaysidir OTMda yangicha emas”, dedi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov.
Fanlar majmuasi o‘zgargani haqida vazirlik rasmiysi javob berdi, biroq nega qabulga juda oz vaqt qolganda yangilik e’lon qilingani, abituriyentlar oldindan ogohlantirilmagani haqidagi savol deyarli ochiq qoldi.
“Bu bo‘yicha bir nechta OTM fikrlar beradi va ular muhokama qilinadi. Xohlaymizmi-yo‘qmi, o‘zgartirish kiritish vaqt talab qiladi. To‘g‘ri, abituriyentlarga ozgina noqulaylik tug‘diryapti, ulardan uzr so‘raymiz. Abituriyentlarga qolgan vaqtini to‘la sarflab imtihonga tayyorgarlik ko‘rishlarini taklif etamiz”, dedi Abduvali Xoliqov.
Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayevning qo‘shimcha qilishicha, ta’lim yo‘nalishlari soni – 461ta, shundan 7 foizida 2 ta fanning o‘rni o‘zgargan. Bitta fan o‘zgargan ta’lim yo‘nalishlari esa 2,8 foizni, faqatgina bitta yo‘nalish – biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishida mutaxassislik fanlari butunlay o‘zgargan.
Tavsiya etamiz
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Pulni savatga qo‘y va ketaver” – IIB xodimlari Registonga borgan sayyohdan 50 ming so‘m so‘radi
O‘zbekiston | 11:52
-
Tramp Yevropa Ittifoqi va Xitoyga yangi bojlar bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 11:15
-
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim bo‘ldi
O‘zbekiston | 11:11
-
Turkiyadagi mehmonxonada yong‘in: qurbonlar soni 76 kishiga yetdi, 9 kishi qo‘lga olingan
Jahon | 11:04
Mavzuga oid
17:45 / 13.01.2025
“Asosan bepul onlayn kurslardan foydalandim” - O‘zbekistonda ilk bor SAT'dan 1600 ball olgan buxorolik 18 yoshli yigit
14:24 / 06.11.2024
“Nega ustimizdan kulishyapti?” – fizika o‘qituvchilari attestatsiya imtihonidan norozi
16:48 / 04.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun imtihonlarning yagona narxlari belgilanadi
17:32 / 08.08.2024