Ma’lumotga köra, qişki öqişni köçirişda faqat davlat oliy ta’lim muassasalari örtasida va quyidagi ikki uzrli sabab asosida öqişni köçirişga ruxsat beriladi:

talaba oila qurgan taqdirda, turmuş örtoği doimiy yaşaydigan hududdagi OTMga öqişini köçiriş istagida bölsa;
davlat organlari xodimining iş joyi özgarganda, uning turmuş örtoği yoki voyaga yetmagan farzandi öqişini köçirmoqçi bölsa (bu holda tegişli vazirlik/idora rahbarining tavsiya xati talab etiladi).

Arizalar 20 dekabrdan 20 yanvargaça hududiy işçi guruhlarga oflayn şaklda topşiriladi. Onlayn ariza qabul qilinmaydi, sayt orqali töldiriş közda tutilmagan.

Talabalar (yoki ularning yaqin qarindoşlari) quyidagi hujjatlarni şaxsan taqdim etadi:

  • öqişni köçiriş böyiça ariza (blanka hududiy işçi guruh tomonidan beriladi va joyida töldiriladi);
  • reyting daftarçasi yoki belgilangan şakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi (bittasi yetarli);
  • pasport nusxasi;
  • yuqorida körsatilgan uzrli sabablarni tasdiqlovçi tegişli hujjatlar.

Qişki öqişni köçiriş jarayonini muvaffaqiyatli amalga oşiriş uçun mas’ul OTMda işçi guruhlar taşkil etilgan bölib, barça masalalar şu guruhlar orqali hal etiladi.