O‘zbekiston | 20:28 / 10.05.2022
13819
2 daqiqa o‘qiladi

Budjet tashkilotlari xodimlarining oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar SMS-xabarnoma ko‘rinishida yuboriladi

Davlat tashkilotlarida ishlovchi xodimlar o‘zlarining oylik ish haqi to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Budjet tashkilotlari xodimlarining oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni SMS-xabarnoma ko‘rinishida yuborish tizimi joriy etildi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlik Axborot texnologiyalari markazi tomonidan UzASBO dasturiy majmuasida xodimlarning mobil telefon raqami kiritilganligi bo‘yicha to‘liq tekshiruv o‘tkazilgan. Mobil raqam kiritilmagan xodimlarning ma’lumoti tuzilib, raqamlarni tizimga kiritish, uning afzalliklari tashkilot mutasaddilariga tushuntirilgan.

«Hozirda budjet tashkilotlari xodimlariga har oyda ularning ish haqi to‘g‘risida SMS xabarnoma yuborish tizimi joriy etilishi natijasida xodimlarga juda ko‘p qulayliklar yaratildi. Bu xodimlarga o‘z oylik ish haqi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlarni (nachisleno-uderjano-oplacheno) ko‘rish imkoniyatini beradi.

Buning natijasida xodimning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlari biriktirilgan xabarnoma mobil telefon raqamiga SMS ko‘rinishida bosqichma-bosqich barcha tashkilotlarga yuborilishi yo‘lga qo‘yildi», deyiladi Moliya vazirligi xabarida.

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid