Mana, ketma-ket uçinçi mavsumdirki, «Zakovat»da qizlar jamoasi munosib iştirok etib, boşqa jamoalar bilan tengma-teng bellaşib kelmoqda. Bahorgi mavsumning 4-öyinida ham xuddi şu holat takrorlandi. Jamoaning final uçun da’vogarlik qilib, vabank olişga jur’at qilgani sözimizning isbotidir.

Jamoa a’zolari:

  • Madina Mirzarahmatova - Özbekiston milliy universiteti 3-bosqiç talabasi (jamoa sardori);
  • Maysara Oçilova - Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxassisi;
  • Nazokat Abdusaitova - Toşkent davlat pedagogika universiteti 3-bosqiç talabasi;
  • Nodira Turğunova - Özbekiston davlat jahon tillari universiteti 4-bosqiç talabasi;
  • Nodira Bahromova - Özbekiston davlat jahon tillari universiteti 4-bosqiç talabasi;
  • Muazzam Şoumarova - menejyer.

Ötgan öyinda Farrux Rafiqov jamoasining 6:3 hisobida ğalaba qozongani keyingi jamoalarga bosim yuklaşi muqarrar edi. Qizlar ham ana şu yukni yelkalariga olib öyinni boşlagani sezildi.

1-raundda jamoa ötgan öyindagi jamoaning xatosini takrorlab, töğri variantni ötkazib yubordi. Oq-qizil hassa kimlar uçun möljallangani haqidagi savolga jamoa notöğri variantni tanladi. Hisob – 0:1.

2-raundda şamol generatorlari – şamoldan elektr energiyasi hosil qiluvçi moslamalarning ma’lum vaqtlarda tabiatga zarar yetkazişi mumkinligi haqidagi savol öynaldi. Uşbu raundga kelib jamoa özini tezda önglab olgani muhokama ança jonli bölganidan sezildi. Töğri variant ham ilk soniyalardanoq yangradi. Muhokama yakunida jamoa sardori töğri variantni berib, tarozi pallasini tenglaştirdi – 1:1.

Hisob 1:1 bölib turganida boşlovçining jamoa sardoriga «Öyin qanday hisob bilan yakunlanadi deb öylaysiz?» degan savoliga, Madina Mirzarahmatova optimistik ruhda «6:1» deya javob berdi. Qizlardagi öziga bölgan işonçni köriş quvonarli! Köramiz, hisob rostdan ham 6:1 bölarmikan.

3-raund savoli AQŞning faqat ma’lum bir hududida örnatiladigan yöl belgisi haqida böldi. Bu savolda ham jamoada töğri variant çiqqan bölsa-da, yana 1-raunddagidek notöğri variant tanlandi. Hisob – 1:2, tomoşabinlar foydasiga. 6:1 hisobidagi ğalaba rejasi çippakka çiqdi, eh afsus…

4-raundda «Zakovat» sandiqçasi olib çiqildi. 100 yillar avval olingan turli insonlar surati haqidagi savol jamoa uçun öyindagi eng qiyini böldi, deyiş mumkin. Jamoa töğri variantning yaqiniga ham yölamagani buning isboti böldi. Hisob 1:3. Rostdan ham har qanday jamoani qiynab qöyadigan savol!