Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda «Zakovat» bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati boshlandi
Ushbu yirik tadbirda Osiyoning kuchli jamoalari bir-birlari bilan bellashadi.
2025 yil 16–17 avgust kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda «Zakovat» intellektual o‘yini bo‘yicha III Osiyo ochiq chempionati o‘tkaziladi. Ushbu yirik tadbirda Osiyoning kuchli jamoalari bir-birlari bilan bellashadi.


«Zakovat» 24 yildan buyon dunyo bo‘ylab ishtirokchilarga bilim olish va rivojlanishga ilhom berib kelmoqda. Dastlab teleko‘rsatuv sifatida namoyish etilgan ushbu o‘yin bugungi kunda jahonning turli mamlakatlarida o‘tkaziladigan yirik intellektual harakatga aylangan. Har yili minglab ishtirokchilar, shu jumladan, bir nechta xalqaro jamoalar bu o‘yinda ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinab ko‘radi.

O‘tgan yillarda «Zakovat» turnirlari AQSh, Buyuk Britaniya, Malayziya, Qozog‘iston va Tojikistonda o‘tkazilgan. Shuningdek, Toshkentning o‘zida so‘nggi yillarda umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari, oliy o‘quv yurtlari hamda havaskor jamoalar o‘rtasida 29 mingdan ortiq o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Shu bilan birga, 2023 yilda Toshkentda 14 mamlakatdan 55 ta jamoa ishtirok etgan I Osiyo ochiq chempionati ham muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan ikkinchi turnir ham o‘zining yuksak saviyasi hamda 14 davlatdan kelgan bilimdonlar bilan ajralib turdi.


Bishkekda o‘tkazilayotgan «Zakovat»ning navbatdagi III Osiyo ochiq chempionati nafaqat ilm-fan va ta’lim sohasidagi intellektual voqea, balki mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. Chempionatda qatnashuvchi jamoalar jami 6 turda 72 ta savolga javob topish orqali o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon qiladi. Tadbir, o‘z navbatida, nafaqat bilimni sinovdan o‘tkazish, balki yangi avlodni bilim olishga, o‘zini rivojlantirishga intilishga undashga qaratilganligi bilan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mavzuga oid
09:20
Chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan 1,1 mlrd so‘mlik oltin qo‘lga olindi
10:00 / 01.12.2025
Qirg‘izistondagi saylovlar: Japarovga sodiq nomzodlar deyarli barcha okrugda g‘alaba qozondi
17:04 / 30.11.2025
Muxolifatchilar hibsga olinishi va energetika inqirozi. Qirg‘izistonda navbatdan tashqari parlament saylovlari qanday sharoitda o‘tmoqda?
11:20 / 30.11.2025