12:00 / 13.05.2022
8613

Toshkentda MAFF by DAFNA va DAFNA Mebel innovatsion shourumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Foto: DAFNA

Yog‘och va mebel sanoatida eng yetakchilardan biri bo‘lgan DAFNA Toshkent xaritasida o‘z o‘rnini kengaytirmoqda va mijozlarni ajoyib yangiliklar bilan xursand qilishga bel bog‘ladi. 5 may kuni MAFF by DAFNA va DAFNA Mebel birgalikda o‘zining eksklyuziv shourumining tantanali ochilish marosimini o‘tkazdi.

Foto: DAFNA

Jonli musiqa, ko‘ngilochar dastur va an’anaviy lenta kesish marosimi tadbirning har bir mehmoniga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Foto: DAFNA

Ochilish marosimi kunida DAFNA o‘zining sevimli bo‘lib qolgan DAFNA Flooring brendi o‘rniga, yangilangan MAFF by DAFNA brendini taqdim qildi.

Foto: DAFNA

Kompaniya vakillarining aytishicha, rebrending dunyoning yetakchi brendlari mahsulotlarining misli ko‘rilmagan kengayishi bilan bog‘liq bo‘lib, bir vaqtning o‘zida mijozning bir nechta ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan va intererning kompleks yechimini taklif etadi.

Foto: DAFNA

“Bu innovatsion shourum bo‘lib, unda siz o‘z orzungizdagi intererni yaratishda istalgan yechimni topishingiz mumkin. Bu yerda biz nafaqat jahon ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarini taqdim etamiz, balki ularni yetkazib berish va o‘rnatishgacha bo‘lgan bir qator xizmatlarni ham ko‘rsatamiz. Shu bilan mijozlarimiz og‘irini yengil qilishni o‘z vazifamiz deb bilamiz. Maqsadimiz xalq ishonchiga sazovor bo‘lgan mutlaqo mashhur brendga aylanish”, — dedi MAFF by DAFNA kompaniyasi bosh direktori Akrom Nuritdinov.

Foto: DAFNA

Yangi shourum shahar markazidan besh daqiqalik masofada joylashgan va har bir mehmon uchun qulay tarzda barpo etilgan. 1500 m² maydondan iborat hududda xorijdan keltirilgan va sifatli mahsulotlarning keng assortimenti taqdim etilgan bo‘lib, mijozlar o‘ziga kerakli narsalarni topishda qiynalmasligi uchun bir nechta bo‘limga bo‘lingan. Shourumda bepul avtoturargoh  tashkil etilgan bo‘lib, mehmonlarni ortiqcha ovoragarchiliklardan saqlaydi.

 DAFNA bilan uyda qulaylik yaratish jarayoni ko‘p vaqt talab qiladigan ish emas, haqiqiy zavqli jarayonga aylanadi, o‘z sohasining tajribali mutaxassislari qisqa vaqt ichida mijozlar istaklarini amalga oshirishga yordam beradi. Shourumda nafaqat mebel, balki aksessuarlar, eksklyuziv interer buyumlari, har qanday did va uslub uchun munosib pol va eshiklarni topish mumkin.

 1995 yildan beri eng ilg‘or ofis mebellari yetkazib beruvchi va taniqli Horeca mebellari bilan ta’minlovchi DAFNA har qanday ofisni shinam va ko‘rkam manzilga aylantirishda ishonchli hamkorga aylangan.

Kelgusida korxona nafaqat sifatli mahsulotlar turini ko‘paytirish, balki O‘zbekiston bozorida noyob, milliy uslubda o‘zining mualliflik mebellarini ishlab chiqarishni ham rejalashtirgan.

 “Kompaniya ijodkorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Kelajakda biz o‘z mebellarimizni ishlab chiqaramiz va u o‘ziga xos milliy dizaynga ega bo‘ladi. Mebel ishlab chiqarishda milliy so‘zana va milliy rang-tasvir asosida mahsulotlarimizga milliy uslub qo‘shiladi, – deydi DAFNA Mebel asoschisi Aziz Nuritdinov.

Foto: DAFNA

MAFF by DAFNA dan maxsus taklif!

Ko‘pincha, ta’mirlash ishlarini olib borishda biz muammoga duch kelamiz: birinchi navbatda nimani sotib olish kerak – laminat yoki eshiklar? MAFF by DAFNA o‘z mijozlari ehtiyojlarini tahlil qilib, bunga ham yechim topgan.

MAFF by DAFNA yangi filial ochilishi munosabati bilan may oyi davomida aksiya e’lon qiladi. Endi siz laminat+plintus+eshikni birga xarid qiling va 10 foiz chegirmaga ega bo‘ling. Toshkent shahri bo‘ylab bepul yetkazib berish xizmati mavjud. Mutaxassislar sizga eng ma’qul narxlarda yuqori sifatli eshiklarni tanlashda yordam berishadi.

Uyingiz va ofisingiz shinam bo‘lishi uchun yangi yechimlarni qidiring – yangi ilhom manbaini bizdan topasiz.

 Manzil: M. Ulug‘bek tumani, Parkent ko‘chasi 219. 

Bog‘lanish uchun :

MAFF by DAFNA:

Tel.: +99899 840-05-88

Sayt: www.maff.uz

Instagram: maffbydafna

Telegram: maffbydafna

Facebook: maffbydafna

DAFNA Mebel: 

Tel.: +99899 800-06-88

Sayt: www.mebel.dafna.uz

Instagram: dafnamebel

Telegram: dafnamebel

Facebook: dafnamebel

Reklama

Mavzuga oid
Top