Florida universiteti olimlari ötkazgan tajribada 1969–1972 yillardagi Apollon missiyasi paytida yiğilgan çang namunasiga kökat uruğlari ekilgan. Tuproqqa taşlangaç, uruğlar 2 kundan keyin unib çiqqan. Tajriba mualliflaridan biri Florida universiteti professori Anna-Liza Polning aytişiça, bu – juda hayratlanarli natija.

Olimlar soliştiriş uçun Oy va Yer tuproğiga bir vaqtda uruğ qadaşgan. Ikkala tur ham 6 kungaça bir xil rivojlangan va keyin Oy tuproğidagi ösimlik ösişi sekinlaşib, ösmay qolgan.

Tadqiqotning qiyin tomoni şundaki, tajriba ötkaziş uçun olimlarda Oy tuproği köp emas. 1 dona ösimlik yetiştiriş uçun ularga 1 grammdan tuproq berilgan. NASA kosmonavtlari 1969–1972 yillarda Oy yuzasidan 382 kilogramm toş, qum va çang olib kelişgan. Va ular bir neça yil davomida yopiq saqlangan.

NASA rahbari Bill Nelsonning aytişiça, bu tadqiqot NASA uçun juda muhim. Oy va Marsda topilgan resurslar kelajakda koinotda faoliyat yuritadigan astronavtlar uçun oziq-ovqat manbalarini yaratişda qöl kelişi mumkin.

Ma’lumot uçun, NASA 2025 yilda 1972 yildan beri birinçi marta Oyga odamlarni qöndirmoqçi.