U Conscious Planet portalida Özbekiston böylab qilgan amaliy sayohati haqida söz yuritgan. Sujata Rajagopal özining mualliflik maqolasida Save Soil vakillari 2024-2025 yillarda tuproq holatini örganiş va uni tiklaş böyiça hamkorlikni muhokama qiliş uçun Özbekistonga qilgan işçi safarlari haqida hikoya qilgan. "Özaro muloqotlar va uçraşuvlar davomida hindistonlik mutaxassislar tuproqning ahvoli bilan boğliq asosiy tahdidlarni örgangan, şuningdek, mamlakatning rasmiy idoralari va ilmiy doiralari vakillari bilan hamkorlik yöllarini belgilab olgan", – deya ta’kidlaydi muallif.
Sujata Rajagopal Özbekiston tuproğining holati bir xil emasligi, unda degradatsiya alomatlari mavjudligini ta’riflagan. U tuproq şörlanişi kabi dolzarb masalalarga e’tibor qaratadi, ayniqsa Buxoroda tuproq şörlaniş darajasi böyiça mamlakatda ikkinçi örinda turişi haqida töxtaladi. "Mintaqadagi yerlarning 20 foizdan ortiği degradatsiyaga uçragan, bu esa aholi sonining ösişi şaroitida oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solişi mumkin. Yildan yilga ekologik falokatlar ta’siri tobora kuçliroq sezilayotir. Orol dengizining şörxok çölga aylanib borayotgani ötgan asrda suv resurslaridan nooqilona foydalaniş oqibatlaridan ogohlantiruvçi misol bölib xizmat qilmoqda", – deya urğulangan materialda.
Save Soil eksperti, şuningdek, Özbekistonda tuproq unumdorligini saqlaş va ta’minlaş borasida amalga oşirilayotgan izçil sa’y-harakatlar haqida söz yuritgan. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning "Yaşil makon" loyihasi mamlakatda yaşil qoplamni 8 foizdan 30 foizgaça oşiriş hamda tuproq holatini yaxşilaşga qaratilgan, deb ta’kidlagan.
Bundan taşqari, muallif Özbekiston va Save Soil xalqaro harakati örtasidagi hamkorlik istiqbollari haqida mulohaza yuritgan.
"2024 yilda Bokuda (Ozarboyjon) bölib ötgan COR29 xalqaro anjumani doirasida Özbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi hamda Save Soil taşkiloti örtasida özaro anglaşuv memorandumining imzolangani ikki tomonlama hamkorlikka asos soldi. Taşkilot vakillari 2025 yil aprel oyida Samarqandda ötkazilgan iqlim forumida faol iştirok etdi", – deb qayd etiladi naşrda.
Save Soil taşkiloti fermerlar bilan işlaş böyiça ilğor usullarni taklif etmoqda, zamonaviy bilim va könikmalar taqdim qilmoqda, ixtisoslaştirilgan oliy ta’lim muassasalari va ilmiy laboratoriyalarda ma’ruzalar uyuştirmoqda, tuproqni saqlaş böyiça bilimlarni tarqatişda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilmoqda.













