Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:49 / 19.05.2022
6487
2 daqiqa o‘qiladi
Ayrim tadbirkorlik sub’yektlariga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida o‘rnatiladi
Foto: Shutterstock
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Loyihaning maqsad va vazifasi – O‘zbekiston prezidenti tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston qonunchiligi me’yorlariga moslashtirishdan iborat.
Taklif etilayotgan qonun loyihasi qabul qilinishi natijasida:
- talabalarning oliy ta’lim muassasalari hududida tashkil etgan pulli sport to‘garaklari, o‘quv kurslari va boshqa ta’lim xizmatlarni ko‘rsatishdan olingan daromadlari jismoniy shaxslarning jami daromadlari tarkibiga kiritilmasligi belgilanadi;
- norezident hisoblangan jismoniy shaxslarning O‘zbekistondagi manbalardan oladigan daromadlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi 12 foiz miqdorida belgilanadi;
- tibbiyot asbob-uskunalari va buyumlarining ehtiyot qismlarini hamda tibbiyot maqsadlari uchun sarflash materiallari importi qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi;
- xotin-qizlarning bandligini oshirish maqsadida mehnat resurslari zich bo‘lgan qishloq joylarining reyestriga kiritilgan hududlardagi tadbirkorlik sub’yektlariga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida o‘rnatiladi;
- bojxona bojlari bo‘yicha imtiyozlar faqat Bojxona kodeksi va boshqa qonunlarga asosan berilishi ta’minlanadi, shuningdek ayrim soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilinadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
15:11 / 04.11.2025
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar joriy etildi
11:51 / 27.10.2025
Soliq nizolarini ko‘rib chiqish uchun ekspert kengashi ish boshlaydi
17:58 / 24.10.2025