O‘zbekiston | 07:57 / 23.05.2022
10160
3 daqiqa o‘qiladi

«Hududgazta’minot» gaz uchun qarzni hisoblash bilan bog‘liq muammoni qanday hal qilish mumkinligini ma’lum qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning foydalanilgan tabiiy gaz uchun qarzlarni hisoblash bilan bog‘liq bir qator murojaatlari e’lon qilindi. “Hududgazta’minot” AJ rasmiy izoh bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilmoqda va uch millionga yaqin iste’molchilarning xonadonida yangi hisoblagichlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular real vaqt rejimida ko‘rsatkichlarni yuboradi.

Shuningdek, mamlakatda eski namunadagi gaz hisoblagichlari ishlatilayotgan iste’molchilar ham mavjud. Ular Vazirlar Mahkamasining 22-sonli qarori va gaz ta’minoti tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, har oyning 10-sanasiga qadar gaz ta’minoti tashkilotlariga kelib, iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishi yoki maxsus yaratilgan Telegram-bot (@hgt_abonent_bot) orqali ko‘rsatkichlarni taqdim etishi lozim.

“Ba’zi iste’molchilar gaz ta’minoti tashkilotlariga ko‘rsatilgan muddat ichida iste’mol qilgan tabiiy gaz hajmi to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlari taqdim etmayotgani sababli amaldagi dastur avtomatik ravishda o‘rtacha iste’mol miqdorini hisoblab chiqadi va gaz uchun hisob-kitoblarni to‘lash uchun iste’molchiga ma’lum qiladi. 

Bundan tashqari, gaz ta’minoti tashkilotlarida oldingi davrlarda mehnat faoliyatini yuritgan sobiq inspektorlar tomonidan iste’molchilarga EGHU o‘rnatilgunga qadar dasturga noto‘g‘ri ko‘rsatkichlar kiritilishi bilan bog‘liq holatlar aniqlanmoqda, bu endi iste’mol qilingan tabiiy gaz yonilg‘i uchun o‘zaro hisob-kitoblarni, shu jumladan, yangi gazni hisobga olish uskunalarini o‘rnatishdan oldin solishtirish talab etiladi”, deyiladi izohda.

Bildirilishicha, “Hududgazta’minot” AJda gaz hisoblash uskunalarining eski namunalarini ishlatuvchi iste’molchilar tomonidan sarflangan tabiiy gazni hisobga olish, nazorat qilish va to‘lash bilan bog‘liq murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Markazlashtirilgan ishchi guruhni tuzishdan asosiy maqsad - fuqarolarning har bir murojaati yoki shikoyatiga zudlik bilan javob berish, yetkazib beruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash, gaz ta’minoti tizimidagi korrupsiyani bartaraf etish va oldini olish.

Hozirda mazkur shtabda 10 nafar malakali mutaxassis faoliyat olib borib, ular bilan bevosita 1104 qisqa raqami, 71 281-15-67 (310) raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki Telegramdagi “Hududgazta’minot” AJ ishchi guruhiga murojaat” guruhi orqali bog‘lanish mumkin (https://t.me/gaz_hisob_kitob).

Ta’kidlanishicha, kun davomida shtabda mamlakat barcha hududlaridan tabiiy gaz bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar bilan bog‘liq 100 dan ortiq murojaatlar qabul qilinmoqda. Shtab tashkil etilgandan buyon 5 704 ta murojaatlar ko‘rib chiqilgan.

Mavzuga oid