Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mass-media fondi'ning Meta bilan hamkorligi doirasida diplomatik sahifalar verifikatsiyadan o‘tdi
Mass-media fondi hamda Meta kompaniyasi bilan hamkorlikda elchixonalar, bosh konsulliklar, missiyalar, elchilar va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vakillarining Instagram va Facebook'dagi 40 dan ortiq akkaunt va sahifalarini verifikatsiyadan o‘tkazdi. Bu haqda tashkilot rasmiy kanalida xabar berilgan.
«Buning natijasida mamlakat tashqarisidagi fuqarolarimiz, xorijiy foydalanuvchilar va OAV O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalarining tasdiqlangan akkauntlarini to‘g‘ri topib, ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, bu TIVning vakillik tuzilmalariga mamlakatning xalqaro maydondagi mavqeini faol targ‘ib qilish va davlatimiz haqidagi feyk ma’lumotlarga yanada samarali qarshi turish imkonini beradi», deyiladi xabarda.
Ijtimoiy tarmoqlarda soxta sahifalar orqali yolg‘on ma’lumotlar tarqatilishining oldini olish maqsadida rasmiy sahifalarni verifikatsiya qilish (verified badge) joriy qilingan. Bunday tasdiqlangan akkaunt va sahifalarda bu yagona haqiqiy sahifa ekanini ifodalovchi ko‘k belgi paydo bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:27 / 08.05.2026
O‘zbekistonliklarning xorijiy bigtex kompaniyalar pulli xizmatlaridan foydalanishi 80 foizga oshdi
23:23 / 27.04.2026
Xitoy Meta’ning Manus startapini sotib olish bo‘yicha 2 milliard dollarlik bitimini to‘xtatdi
22:41 / 18.04.2026
Meta sun’iy intellekt sababli 8 ming xodimini ishdan bo‘shatadi
15:58 / 30.01.2026