O‘zbekistonda 4 iyun kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Shanba kuni ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi, tog‘li hududlarda do‘l yog‘ishi mumkin.
«O‘zgidromet» O‘zbekistonda 4 iyun kuni kuzatilishi kutilayotgan ob-havo bo‘yicha ma’lumot berdi.
Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 28-30 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11-16 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:46
15 noyabr kuni ayrim hududlarda harorat 17 darajagacha ko‘tariladi
10:27 / 13.11.2024
14 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024