«O‘zgidromet» dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi
Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududi respublikaning shimoli-sharqiy hududlari ustida shakllangan yuqori siklon ta’siri ostida bo‘ladi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, aksariyat viloyatlarda quruq va shamolli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda shamol tezligi kuchayish vaqtida 18-23 m/s ga yetishi va chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.
Kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Havo harorati kunduzi 25-30 daraja issiqdan oshmaydi.
Ertaga ob-havoning beqarorligi faqat respublika sharqiy hududlarida saqlanib turadi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda, kechasi va ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida quruq va kam bulutli ob-havo bo‘ladi.
Markaziy va janubi-sharqiy viloyatlarning ayrim hududlarida ba’zi joylarda chang-to‘zonlari bilan shamolning kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 27-32 daraja issiq atrofida bo‘ladi.
Yakshanba kuni respublikaning barcha hududlari bo‘yicha deyarli quruq va kam bulutli ob-havo bo‘ladi. Faqat ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi harorat 33-35 daraja issiqqacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 36-37 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
3-4 iyunda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Mavzuga oid
11:46
15 noyabr kuni ayrim hududlarda harorat 17 darajagacha ko‘tariladi
10:27 / 13.11.2024
14 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024