Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina va Rossiya harbiylar jasadlarini almashgani aytildi
Ukraina hamda Rossiya armiyasi urush vaqtda halok bo‘lgan askarlarining jasadlarini almashgan. Bu haqda Rossiyaning Birinchi kanal davlat telekanali muxbiri Irina Kuksenkova yozmoqda.
Uning aytishicha, Ukrainaning Zaparojye viloyatidagi to‘qnashuvlar kesishgan joyda ikki tomon ham bir-biriga halok bo‘lgan askarlarning jasadlarini yuborgan. Tomonlar 160 tadan jasad almashgan. Bu ma’lumot hozircha rasmiy manbalarda tasdiqlanmadi.
Kuksenkovaning yozishicha, unga ma’lumotni razvedkachilar taqdim etgan. Rossiya davlat kanali muxbiri jasadlar almashilgani haqidagi xabarni razvedkadan eksklyuziv tarzda olgani, bu ma’lumot uning kanalidan olingani aytilmay tarqalayotganidan jahli chiqqanini ham iddao qilgan.
Muxbir keyingi postida aniqlik kiritishicha, Ukraina tomoniga yuborilgan jasadlar «Azovstal» zavodida halok bo‘lgan ukrain harbiylariga tegishli bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
10:35 / 03.07.2026
Ukraina NATOga: Biz faqat yordam oluvchi emasmiz
10:05 / 03.07.2026