20:45 / 06.06.2022
2119

Eronlik bahodir «Pahlavon Mahmud» turniri g‘olibi bo‘ldi

Xivada «Pahlavon Mahmud – Bahodirlar o‘yinlari» II xalqaro turnir yakunlandi.

Foto: Xiva shahar hokimligi matbuot xizmati

Dunyoning 14 davlatidan kelgan 16 nafar pahlavon 2 kun davomida «Aravaga un qoplarini ortish va tortish», «Atlant toshlari», «Suvli chelaklarni tashish», «Lokomotivni sudrash», «Mo‘ynoq langarini tortish», «Xiva ustunlarini ushlab turish», «Qilichlarni ushlab turish» kabi musobaqalarda kuch sinashdilar.

Turnir yakuniga ko‘ra, 1-o‘rin va 5 ming dollar mukofotni eronlik Rizo Qitosiy qo‘lga kiritdi.

2-o‘rin va 3 ming dollar mukofot Yangi Zelandiyalik Rongo Kinga, 3-o‘rin va 1 ming dollar mukofot rossiyalik Pyotr Martinenkoga nasib qildi.

«Pahlavon Mahmud – Bahodirlar o‘yinlari» II xalqaro turniri
Xiva, 3-5 iyun, 2022 yil
1. Rizo Qitosiy (Yeron)
2. Rongo Kin (Yangi Zelandiya)
3. Pyotr Martinenko (Rossiya)

Top