Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liftdagi bezoriliklar: Kameraga tushmagan holatlar qancha?
Kun.uz ixtiyoriga poytaxtdagi ko‘p qavatli uylar liftlarida yosh bolalar va hatto yoshi kattalar tomonidan nomaqbul xatti-harakatlar qilinishi aks etgan videoyozuvlar kelib tushdi. Ularni ko‘rib liftlar o‘z-o‘zidan buzilib qolmasligini tushunish mumkin.
Liftning vazifasi ko‘p qavatli uylarda aholining og‘irini yengil qilishdan iboratligi barchaga ma’lum. Undan foydalanish juda oddiy va bir pasda kerakli qavatda bo‘lasiz.
Ammo afsuski, ayrim hamshaharlarimizning liftdan foydalanishdagi munosabati achinarli. Buni shaxsi sir saqlanishini istagan hokimlik tizimidagi korxonalardan birida ishlovchi shaxs tomonidan Kun.uz'ga taqdim etilgan videolardan ham ko‘rsa bo‘ladi.
Kadrlar Chilonzor tumani “Ts” mavze 14-uy, shu tumanning Guliston ko‘chasi 50-uy, Sergeli tumanining Qo‘yliq dahasidagi uylarda o‘rnatilgan liftlarning videokameralariga yozib olingani aytilmoqda.
Ularda yosh bolalar “aqlli” liftlarning qavatlari tugmalarini betartib bosib tashlashlari, eshiklariga osilib o‘ynashi, bolakayning lift ichida hojatini chiqargani, o‘smir yigitning temir jism bilan lift tugmalari o‘rnatilgan qismini ko‘chirishga urinayotgani, yoshi katta odamning shunchaki ermak uchun tugmalarni bosayotgani ko‘rinadi.
Hamshaharlarimizni jamoaviy mulk bo‘lmish liftlardan to‘g‘ri foydalanishga, lift buzilishi yuqori qavatda yashovchi, ayniqsa keksa va harakatlanishi cheklangan insonlar uchun katta qiyinchilik tug‘dirishini yodda tutishga chorlab qolamiz.
Dilshoda Shomirzayeva,
Kun.uz muxbiri
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026