O‘zbekiston | 10:52 / 17.06.2022
11274
1 daqiqa o‘qiladi
«O‘zgidromet» dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va biroz issiq ob-havo kuzatiladi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, faqat Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysi viloyatlari, shuningdek respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Ushbu kunlarda harorat foni o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan yuqori bo‘ladi va 34-39 daraja issiqni tashkil etadi, bugun janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 40-42 daraja issiqqacha bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:27 / 13.11.2024
14 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024
Hafta o‘rtalarida O‘zbekistonda kechasi havo harorati noldan pastga tushadi
12:21 / 11.11.2024