«O‘zgidromet» haftalik ob-havo ma’lumotini e’lon qildi
Bugun yuqori siklon ta’siri hisobiga markaziy, janubiy va sharqiy hududlar bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli bo‘ladi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Momaqaldiroq paytida shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat 23-28 daraja issiqni tashkil etadi, bu ushbu kun iqlimiy me’yoridan 4-6 darajaga pastdir.
21-22 iyunda siklon ta’siri kuchsizlashadi, ammo markaziy, janubiy va sharqiy hududlar bo‘yicha momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli saqlanib turadi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.
20-22 iyunda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Haftaning ikkinchi yarmida respublika hududi bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi, faqat ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlar ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Kunduzi havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va ish haftasining oxiriga kelib 34-39 daraja issiqni tashkil etadi.
Mavzuga oid
10:27 / 13.11.2024
14 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024
Hafta o‘rtalarida O‘zbekistonda kechasi havo harorati noldan pastga tushadi
12:21 / 11.11.2024