Bahsga deputat Rasul Kuşerbayev tomonidan ikkinçi öqişda muhokamaga olib çiqilgan “Elektron dalillar bilan işlaş tizimini takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi sabab böldi.

Kuşerbayev qonun loyihasiga birinçi öqişdagi takliflarni inobatga olib özgartirişlar kiritilgani, deyarli boşqa özgartirişlar yöqligini ma’lum qildi. Şundan söng deputatlar qonun loyihasi böyiça fikrlarini bildirdi.

Deputat Ilhom Abdullayev bu qonun loyihasi fuqarolarning axborotga bölgan huquqini qöpol ravişda buzişi, uni qabul qiliş mumkin emasligini aytdi.

“Jinoyat protsessual kodeksiga [taklif etilayotganidek] 201-1-moddani kiritiş – şunçaki jinoyat”, – dedi u.

Kuşerbayev bu modda böyiça ötgan safar ham muhokama kötarilganini aytib, tuşuntiriş berdi.

“Tergovçi, suriştiruvçi, prokuror yoki sudning talabiga köra fuqarolar, korxona, muassasa, taşkilot rahbarlari va boşqa mansabdor şaxslar tergov yoki sud harakatlarini yuritiş uçun zarur bölgan, öz ixtiyorlaridagi ma’lumotlarni taqdim qilişi kerakligi haqida gap ketyapti. Bu amaliyotda öz ixtiyoridagi hamma ma’lumotlarni taqdim etiş talabiga olib kelişi mumkin, degan fikrlar ham aytilyapti, lekin bu yerda aniq qilib yozilyaptiki, sud ham, tergovçi ham iş uçun zarur bölgan ma’lumotlarnigina söraydi.

Amaliyotda ham şunday bölib kelyapti: odil sudlovni amalga oşiriş uçun nimaiki ma’lumot zarur bölsa, öşa zarur qismini oliş mumkin. Ya’ni ixtiyoringdagi hamma ma’lumotni berasan degan holat amaliyotda bölmagan. Biz buni amaliyotçilar, mutaxassislar bilan ham gaplaşdik, amaliyotda bunaqa bölmagan.

Yana bitta tomoni, ötgan safar muhokamalarda taklif etilayotgan qonunning birinçi moddasiga spikerimiz qarşi ovoz bergani ekranda körinib qolgaç, aksariyat deputatlarimiz keyingi moddalarga qarşi ovoz berişga ötib ketdi. Şunga prezidium a’zolari kimga ovoz berganini körsatmasak, xolisroq bölardi. Çunki ötgan safar kördikki, bir qator deputatlarning fikrlari spikerimiz bergan ovozdan keyin özgarib qoldi. Aynan hozir muhokama qilayotgan moddamiz özi 2-öqişdan ötib bölgan”, – dedi Kuşerbayev.

Oliy sud sudyasi Ilhom Rahmonqulov Kuşerbayevni qöllab-quvvatladi.