Özbekistonda quriliş oynasidan foydalaniş natijasida yuzaga keladigan çiqindilarni qayta işlaş uçun utilizatsiya yiğimi joriy etilmoqda. Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi işlab çiqqan qonun loyihasini 1 iyul kuni Qonunçilik palatasi deputatlari birinçi öqişda qabul qildi.

Parlamentda sözga çiqqan agentlik direktori Akmal Jumanazarovning aytişiça, Özbekistonda şişa çiqindilari hosil bölişining yillik prognozi 408 ming tonnani taşkil etadi. 2024 yilda şundan atigi 9 foizi, ya’ni 37 ming tonnasi qayta işlangan.

Jumanazarovga köra, qayta işlanmayotgan şişa çiqindilari atrof-muhitga salbiy ta’sir körsatmoqda.

“Qonun loyihasi bilan quriliş oynasidan foydalaniş natijasida yuzaga keladigan çiqindilarni qayta işlaş infratuzilmasini yaratiş, qayta işlaşga sarflangan xarajatlarni qoplaş uçun utilizatsiya yiğimi joriy etilmoqda”, – dedi Texnik tartibga soliş agentligi rahbari.

Qonun loyihasini tayyorlaşda Rossiya Federatsiyasi, Belarus va Qirğiziston tajribasi örganilgan. Loyiha beşta vazirlik-idoralar bilan kelişilgan, Adliya vazirligidan huquqiy ekspertizadan ötkazilgan.

105 nafar deputatning yoqlab ovoz berişi bilan, qonun loyihasi birinçi öqişda qabul qilindi. 4 deputat qarşi çiqdi, 5 nafari betaraf qoldi, quyi palataning 14 a’zosi ovoz bermadi.