Bu yilgi test yopiq binolarda o‘tkazilishi kutilmoqda
Bu yilgi test agar davlat komissiyasining yoki maxsus komissiyaning takliflari, cheklovlari bo‘lmasa, albatta yopiq binolarda o‘tkaziladi. Bu haqda DTM O‘zA audiochatida ma’lum qilgan.
Bu yil ham abituriyentlar suv va ruchkalar bilan ta’minlanadi. Hisob-kitob talab etiladigan fanlar uchun savollarning oralig‘ida yozishga joy qoldiriladi.
Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev esa «Daryo» so‘roviga javoban joriy yilda DTM test sinovlari o‘tkazilishining ikki xil variantiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini, agar epidemiologik holat barqaror bo‘lib tursa, test jarayonlari yopiq binolarda o‘tkazilishini ma’lum qilgan. Buning uchun respublika bo‘ylab 85 ta bino tayyorlanmoqda. Agar vaziyat o‘zgarsa, 53 ta ochiq joyda test o‘tkazish uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus cheklovlari tufayli 2020 va 2021 yillarda test sinovlari stadionlar va boshqa ochiq maydonlarda o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid
15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi
15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi
15:01 / 21.09.2023
Maksimal ball to‘plab kontraktga kirgan talabalar grantga o‘tkaziladi
08:22 / 12.09.2023