Internetda xavfsizlik qoidalari yoxud ma’lumotlaringizni ehtiyot qiling
|14:42 / 05.07.202262 89310 min
Internet tarmoği inson hayotining uzviy qismiga aylanib böldi. Biz ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilamiz, onlayn xaridlarni amalga oşiramiz, bank xizmatlaridan foydalanamiz. Biz haqimizdagi ma’lumotlar internetda aylanib yuradi. Afsuski, niyati nopok kimsalar ulardan öz maqsadida foydalanişi, ma’naviy va moddiy zarar yetkazişi mumkin. Ammo oddiy çoralar orqali ma’lumotlarimizni töğri himoya qila olsak, ular şum niyatiga yeta olmaydi.
Foto: Invest-Forsayt
1. Bank kartangiz haqidagi ma’lumotlarni firibgarlarga bermang
Bank kartangizdan pul yeçilgani haqida SMS-xabar oldingiz, lekin heç narsa xarid qilmagan edingiz. Bunday holatda nima qiliş kerak?
Karta balansini qayta tekşiring. Çunki bu firibgarlar tomonidan yuborilgan soxta xabar bölişi ham mumkin.
Mablağingiz haqiqatda yeçib olingani yoki yöqligini biliş uçun avvalo balansni tekşiring. Agar yeçib olinmagan bölsa, SMS-xabar soxta ekani oydinlaşadi. Şundan keyin firibgar sizga qönğiroq qilişi, özini «bank xavfsizlik xizmati» xodimi sifatida taniştirib, pulni qaytariş va «jinoyatçilar»ni uşlaşda yordam taklif qilişi mumkin.
Sizga qönğiroq qilgan notaniş şaxslarga karta ma’lumotlari, paroli va kodini aytmang, haqiqiy bank vakili bunday ma’lumotni söramaydi.
Ba’zida firibgarlar qönğiroq qilmaydi, lekin noma’lum xaridni bekor qiliş uçun havolaga kiriş sörovi bilan SMS-xabar yuboradi. Bunday havolaga kirmang, aks holda telefoningizga virusni yuqtirişingiz mumkin.
Ba’zida pul haqiqatan ham yeçib olinadi. Ularni qaytariş oson bölmaydi, ayniqsa, agar firibgarlarga karta ma’lumotlarini özingiz bergan bölsangiz. Ular karta mablağlarini zudlik bilan xorijiy elektron karmonlarga ötkazib yuborişadi.
Oqibatlarni bartaraf qilgandan köra, noxuş vaziyatning oldini olgan yaxşiroq. Onlayn tölovni amalga oşirayotganda, alohida kartadan foydalaning va unga faqat xarid uçun zarur bölgan mablağni ötkazing. Karta ma’lumotlarini heç kimga bermang.
Aytaylik, e’lonlar saytidagi sotuvçi sizga tölovni özi amalga oşirişini taklif qiladi, buning uçun karta fotosuratini söraydi. Suhbatni davom ettirmang, ular sizni tuzoqqa ilintirmoqçi.
Mavzuga oid
Foto: iStock
2. Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntingiz buzilişi oldini oling
Köpinça firibgarlar ijtimoiy tarmoq sahifalarini buzib kirişadi va akkaunt egasining tanişlaridan pul undirişadi. Masalan, ular oğir xasta bölib qolgani va şoşilinç operatsiya qiliş uçun mablağ kerakligi haqidagi xabarlarni yuborişadi.
Profilingizni himoya qiliş uçun ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda ikki faktorli autentifikatsiyadan foydalaning. Bunda tizimga kirişda foydalanuvçi nomi va paroli, şuningdek, SMS-xabar orqali yuborilgan maxsus kodni kiritişga töğri keladi. Agar firibgarlar parolni bilgan taqdirda ham, telefonga keladigan SMS-xabarni aniqlay olişmaydi.
Barça ijtimoiy tarmoqlar uçun bitta paroldan foydalanmang. Agar jinoyatçilar bitta akkauntni buzib kirişsa, boşqa profillarni ham osongina qölga kiritişi mumkin. Qaysi ilovalarda profilingizga kiriş huquqi borligini tekşiring, eskirganlarini öçirib taşlang.
Agar begona odamning kompyuteridan ijtimoiy tarmoqlarga kirişga töğri kelsa, «Inkognito» rejimidan foydalaning. Şu sababli xatti-harakatlaringiz haqidagi ma’lumotlardan boşqalar foydalana olmaydi. Iş tugagaç, «Çiqiş» tugmasini bosişni unutmang.
Agar internetdagi şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş hayotingiz qoidalaridan biri bölsa, firibgarlar nomingizdan qarz yoki kredit ololmaydi.
Ilgari qarz yoki kredit oliş uçun bankka boriş kerak edi. Bank xizmatlari rivojlangani tufayli endi onlayn tarzda ham qarz oliş mumkin. Agar bank kartasi yoki pasport ma’lumotlari firibgarlar qöliga tuşsa, ular nomingizga mikroqarz olişi yoki kreditni rasmiylaştirişi mumkin.
Hujjatlarning nusxalarini ijtimoiy tarmoqlarda, şuningdek, kompyuter va telefonda saqlamang. Foydalanib bölgaç, ularni öçirib taşlang. Hujjatlarni saqlaş ilovalaridan foydalansangiz, ikki faktorli autentifikatsiyani sozlang.
Kirayotgan saytlarni diqqat bilan tekşiring - ba’zida firibgarlar manzili asl sahifadan bir yoki ikki harf bilan farq qiladigan soxta sahifani yaratadilar. Xavfsiz saytning URL manzili https:// bilan boşlanadi. Bundan taşqari, manzil satrida «qulf» belgisini qidiring, agar u yopiq bölsa, ulaniş xavfsizdir. Bu sizning ma’lumotlaringiz hakerlar tomonidan öğirlanmasligini anglatadi.
Foto: root-nation.com
4. Fotosurat, video va hujjatlarni ehtiyot qiling
Muhim hujjatlarni kompyuterda saqlamang. Ayniqsa qimmatli hujjatlarning qoğoz nusxalarini ham tayyorlab qöying.
Ba’zi viruslar kompyuterdagi barça fayllarni yöq qilişga qodir va ularni qayta tiklaş muammo böladi. Şuning uçun antivirusdan foydalaniş va uni muntazam yangilab turiş muhim - u zararli dasturlarni topadi va yöq qiladi.
Şuningdek, özingiz ham ehtiyot bölişingiz kerak. Noma’lum jönatuvçilardan kelgan elektron poçta xabarlarini oçmang yoki kompyuteringizga zararli dasturlarni kiritmaslik uçun noma’lum havolalarni bosmang.
Fotosuratlar uçun bulutli xizmatlar mos keladi. Faqat xavfsizlik qoidalarini unutmang: murakkab parollar va ikki faktorli autentifikatsiya bu yerda ham qöl keladi.
Bulutli servislarning afzalligi şundaki, agar kirişga ruxsat bersangiz, undan döstingiz yoki hamkasbingiz ham foydalanişi mumkin.
Biroq bulutli servisga kiriş havolasini messenjer yoki ijtimoiy tarmoq orqali yuborsangiz, uni begonalar ham qölga kiritişi ehtimoli paydo böladi. Şuning uçun, agar zarurat bölmasa, bulutli servisga boşqalarning kirişini taqiqlab qöying.
5. Yozişma va fotosuratlaringiz ommaga oşkor bölişining oldini oling
Internetdagi şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş şaxsiy yozişmalarda ham e’tiborli bölişni nazarda tutadi.
Hatto ikki faktorli autentifikatsiya ham ijtimoiy tarmoq profilingiz heç qaçon buzib kirilmasligiga kafolat bermaydi. Şuning uçun, obröyingizni tuşirişi mumkin bölgan ma’lumotlarni internetda baham körmang. Bu qoida şaxsiy yozişmalar uçun ham amal qiladi.
Ba’zida jinoyatçilar şaxsiy fotosurat va videoni oşkor etiş bilan tahdid qiladigan xabar yuborişadi. Agar siz bunday fayllarni heç kimga yubormaganingizga, ularni bulutli servislarda va kompyuterda saqlamaganingizga işonçingiz komil bölsa, xatni e’tiborsiz qoldiring. Bu holatda tajovuzkorlar qila oladigan maksimal narsa fotosuratni soxtalaştirişdir.
Agar ularda kompromat bor bölsa va jinoyatçilar buning uçun pul talab qilsalar, taslim bölmagan yaxşiroq. Keyingi safar ular köproq narsani söraşi mumkin. Huquq-tartibot idoralariga murojaat qiling, şaxsiy hayot daxlsizligini buzgan şum niyatli odamlarning jazolanişiga erişing.
Foto: internet-proryv.com
6. Ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlar jinoyatçilarni jalb qiladi
Köpçilik öz hayotini ijtimoiy tarmoqlarda doimiy qoldiradigan postlarsiz tasavvur qila olmaydi. Ba’zilar deyarli har bir qadamini fotosuratga, videoga olib, tarmoqqa joylaştirişni xuş köradi. Ammo firibgarlar bunday ma’lumotlardan öz maqsadida foydalanişi mumkin.
Aytaylik, ta’tilda olingan suratingizni ijtimoiy tarmoqqa joylab, öğrilarga hozir uyingizda heç kim yöqligini bildirib qöyişingiz mumkin. Şuning uçun, şaxsiy kontentni köradigan odamlar sonini çeklagan yaxşiroqdir.
Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi ma’lumotlarni qoldirmaslikka harakat qiling:
- Geoma’lumotlar, lokatsiyalar. Kvartira, ofis va tez-tez boradigan boşqa joylaringiz manzilini belgilamang. Uşbu ma’lumot jinoyatçilarga sizning jadvalingiz, marşrutlaringiz va odatlaringizni kuzatiş imkonini beradi. Ba’zan uy manzilini bilib oliş uçun oddiy narsalar ham kifoya qiladi, masalan, derazadan olingan köça suratlari. Bunday rasmlarni yaxşisi şaxsiy arxiv uçun qoldiring.
- Şaxsiy ma’lumotlar va hujjatlar. Pasport, vizalar, bank kartalari fotosuratlarini e’lon qilmang. Telefon raqamingizni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmang, aks holda reklama mazmunidagi spam-xabarlarga kömilib qolişingiz mumkin.
- Farzandlaringiz haqida ma’lumot. Bolaning qaysi maktabga, qaysi tögarakka borişi haqidagi ma’lumotlarni faqat yaqin odamlar bilgani ma’qul. Agar bola ijtimoiy tarmoqlardan foydalansa, unga internetda nima haqida gapiriş mumkinmasligini tuşuntiring. Jinoyatçilar bolalarni turli narsalar bilan qiziqtirib, qayerda yaşaşi va kvartirada qanday qimmatbaho narsalar borligini bilişga harakat qilişi mumkin. Bundan taşqari, oilangiz haqida ma’lumotga ega bölgan odam bolaga zarar yetkazişga urinişi ham mumkin.
- Kelajak rejalari. Bölajak sayohatlar haqida gapirmang, aviaçiptalar va samolyotga çiqiş talonlarini e’lon qilmang. Jinoyatçilar raqam va ştrix-koddan foydalanib, akkauntingizga kirişi va bronlaş ma’lumotlarini özgartirişi mumkin.
Şaxsiy ma’lumotlarni sir tutişga harakat qiling, ularning oşkor bölib ketişi juda köp muammolarni keltirib çiqarişi mumkin.
7. Internet parollarni işonçli joyda saqlang
Ijtimoiy tarmoqlar, elektron poçtalar, mobil ilovalarning barçasi login va parol orqali kirişni talab qiladi. Heç qaçon oddiy parolni tanlamang. Barça parollar katta-kiçik harflar va raqamlar aralaşmasidan iborat bölişi lozim. Şuningdek, ism-familiya, yaqinlaringiz ismi-şarifini parol sifatida tanlamang. Parollarni internetda, telefon yoki kompyuterda saqlamang. Ularni yon daftarçangizga yozib qöying.