Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mutaxassislar Apple, Google va Telegram'ning 16 milliard paroli sizib chiqqani haqida xabar berdi
Bu sizib chiqish ortidan fishing hujumlari va akkauntlarni o‘g‘irlash boshlanishi mumkin, deb hisoblamoqda tadqiqotchilar.
Foto: Getty images
Forbes jurnalistlari bilan Cybernews va Keeper Security tadqiqotchilari «tarixdagi eng yirik ma’lumotlar sizib chiqishi» haqida xabar berdi: 16 milliard login va parollar ommaga oshkor bo‘ldi. Ular orasida Apple, Google, Telegram va GitHub kabi tarmoqlar, VPN va hukumat portallari bor.
Bu sizib chiqish ortidan fishing hujumlari va akkauntlarni o‘g‘irlash boshlanishi mumkin, deb hisoblamoqda tadqiqotchilar.
Yil boshidan beri mutaxassislar internetda yangi ma’lumotlar massivlarining paydo bo‘lishini kuzatmoqda. So‘nggi 6 oy ichida har biri 10 milliondan 3,5 milliardgacha yozuvni o‘z ichiga olgan 30 ta alohida ma’lumotlar bazasi paydo bo‘ldi. Ularning aksariyati zararli o‘g‘ri-dasturlardan, shuningdek, ochiq yoki yomon himoyalangan bulutli xotiralardan to‘plangan. Va bu yangi ma’lumotlar bo‘lib, ularning aksariyati shunday tuzilgan: avval veb-sayt manzili, keyin login va parol keladi.
Tadqiqotchilarning fikricha, sizib chiqishlarning hammasi ham hakerlik hujumlari bilan bog‘liq emas – ba’zida bulutli xizmatlarning noto‘g‘ri sozlanganligi yoki foydalanuvchilarning o‘z e’tiborsizligi tufayli ma’lumotlar internetga chiqib ketadi.
Mutaxassislar parollarni muntazam ravishda o‘zgartirishni, parol menejerlaridan foydalanishni va iloji bo‘lsa, imkon qadar kirish kalitlariga o‘tishni maslahat bermoqda.
Mavzuga oid
07:42 / 15.11.2025
Internet statistikasi: foydalanuvchilar bir kunda tarmoqni qanday to‘ldiradi?
09:52 / 14.11.2025
Tailandda «jahon darajasidagi rus hakeri» qo‘lga olindi
08:50 / 10.11.2025
Internetda 600 nafar fuqaroni aldagan guruh qo‘lga olindi: 1 mlrd so‘mdan ortiq pul o‘zlashtirilgan
18:28 / 30.09.2025