Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lisenziyaga ega XBAlar soni 9ta qoldi. Xorijda ish va’da qiluvchi firibgarlardan ogoh bo‘ling
O‘zbekistonda 4 yil ichida 71 ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi bekor qilindi (aksariyati – o‘z xohishi bilan). Hozirda faoliyat yuritayotgan agentliklar soni bor-yo‘g‘i 6ta qolgan. Mehnat vazirligi fuqarolarni chet elda ishga yuborishni va’da qilib pul oluvchi qalloblardan ogohlantirdi. Qonunga binoan, XBA fuqarodan unga chet elda ish topib bergani uchun pul olishga haqqi yo‘q.
O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga ruxsat berilgan 2018 yildan to hozirgacha 71 ta XBAning litsenziyasi bekor qilingan. 59 ta holatda korxona o‘zi ariza bilan murojaat qilgan bo‘lsa, 12 ta agentlikka nisbatan jinoyat ishi ochilgan.
Bu haqda 6 iyul kuni AOKAdagi matbuot anjumanida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshlig‘i Zohid Asqarov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bugungi kunda 6 ta xususiy bandlik agentligi faoliyat yuritmoqda. Aslida, litsenziyasi bor va xorijga ishga joylashtirish huquqiga ega XBAlar soni 9 ta, ammo 2 tasining litsenziyasi BHMning 800 barobari miqdoridagi pul mablag‘larini zaxira qilmaganligi uchun 6 oy muddatga vaqtinchalik to‘xtatilgan, yana bittasining ustidan shikoyat va murojaatlar kelib tushgani uchun ularda qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazilib, litsenziyasi 10 kunga to‘xtatilgan.
Zohid Asadov XBAlarga oid aktual ma’lumotni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining veb-saytidan olgandan keyingina xorijda ishlash borasida bir qarorga kelish lozimligini aytdi.
Shuningdek, u agentliklar ko‘rsatgan xizmatlari uchun qancha mablag‘ talab qilishi mumkinligiga to‘xtaldi.
“Xususiy bandlik agentliklari o‘z xizmatlarini ko‘rsatganligi uchun hech qanday mablag‘ undirishga haqqi yo‘q. Ular har qanday moliyaviy munosabatni ish beruvchi bilan hal qilishlari kerak. Fuqarodan olishi mumkin bo‘lgan mablag‘ konsalting xizmatlari uchun BHMning bir barobarini tashkil qiladi, ya’ni eng katta summa – 300 ming so‘m.
Nafaqat litsenziyasiz, balki konsalting firma niqobi ostida ishlayotgan noqonuniy kompaniyalar ham ko‘paymoqda. Xorijda ishga joylashtirish – qonun bo‘yicha litsenziya talab qilinadigan soha. Shuning uchun fuqarolarimizdan bevosita mana shu korxonalarning faoliyatini tekshirishni so‘raymiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Buyuk Britaniyada qishloq xo‘jaligida ish” kabi e’lonlar chiqadi. Telefon qilasiz: “Keling, sizga Britaniyada ish taklif qilamiz”, deydi. Borasiz, 100-200 dollardan, hatto 1000 dollargacha pul olishadi. Lekin na xizmatdan va na puldan darak bor, fuqarolarimiz aldanib qolishadi”, – deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik rasmiy sahifalari orqali litsenziyasiz kompaniyalar tekshirilib, doimiy ravishda ro‘yxatni yangilab turish amaliyoti joriy qilinmoqda.
Avvalroq, Toshkent viloyatida fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni va’da qilgan firibgarlar ushlangani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
15:47 / 13.06.2026
Poraxo‘rlik jinoyati ishtirokchilari muddatidan ilgari ozod qilinmaydi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
21:32 / 02.06.2026