Toşkent şahridagi “Halal Auto Leasing kompany” MÇJ mansabdorlari tergovga tortildi. Ayni paytda firma faoliyat yuritmayapti va ofisi muhrlab ketilgan. Firma xodimlari töğridan töğri zavod bilan işlaşlarini aytib, odamlarni oson şartlarda maşina olib berişga işontirib kelayotgandi. Kun.uz ogohlantiruviga qaramay ularning yolğoniga qisqa muddatda yuzlab insonlar çuv tuşgan bölişi mumkin.

2024 yil 31 oktyabr kuni Toşkent şahrida davlat röyxatidan ötkazilgan “Halal Auto Leasing kompany” MÇJ mansabdorlariga jinoyat işi oçildi. 5 dekabr kuni firma ofisi IIV Tergov departamenti tomonidan muhrlab ketildi.

Boşlanğiç 20 foizli tölov, yillik 7 foiz ustama va zavod bilan “pryamoy” aloqa – “Halal Auto Leasing kompany” MÇJ odamlarni şu şartlar asosida maşina olib berişga işontirib kelayotgandi. “Islom moliya talablari asosida” faoliyat yuritişini aytayotgan firma menejerlari mijozlarni hatto “Xitoydagi avtomobil kompaniyalari bilan aloqamiz bor”, deya işontirişgan. 

Firmaning Ibrohim ismli menejeri Özbekiston şaroitidagi iqtisodiy qoidalarga mutlaqo mos kelmaydigan yillik 7 foizli ustamani kompaniyaga çet eldan 1 foizli investitsiya kiritilgani, şuning hisobiga firma maşinani zavoddan özi töliq pulini tölagan holda sotib olib, mijozlarga berişi bilan izohlagan edi. MÇJ kam foizli ustama va şartnomada penya mavjud emasligini “Islom moliya talablari asosida” degan niqobga örab, odamlarga taqdim qilgan. 

Kun.uz suriştiruvi e’lon qilingan paytda davlat röyxatidan ötkazilganiga 16 kun bölgan “Halal Auto Leasing kompany” MÇJ allaqaçon 100 nafardan ortiq mijoz bilan maşina olib beriş böyiça şartnoma imzolab ulgurgandi. Buni firma menejeri Ibrohim ma’lum qilgan. Tergov harakatlari boşlanib, firma ofisi muhrlangunga qadar ular soni yana oşgan bölişi mumkin.

“2 ta Damas maşinasini oliş uçun qariyb 43 mln söm tölaganman. 5 kundirki telefonlari öçirilgan. Ibrohim degani bilan gaplaşib turgandim, javob bermayapti. Firma işlayaptimi yoki yopilganmi, xabarim ham yöq”, deydi Kun.uz’ga murojaat qilgan Andijon tumanida yaşovçi fuqaro.

Samarqandlik yana bir fuqaro esa Kia Sonet maşinasi uçun şartnoma tuzib, 50 mln söm boşlanğiç tölovni amalga oşirganini, biroq firma xodimlari yöqolib qolganini bildirdi.

“Halal Auto Leasing kompany” MÇJ mansabdorlariga nisbatan oçilgan jinoyat işi IIV Tergov departamenti tergovçisi Şahriddin Hojimurodov iş yurituvida ekani Kun.uz’ga ma’lum. Bu ofis muhrida ham keltirilgan va tergovçining raqami (+99894-604-50-66) yozib qöyilgan. IIV mas’ullari jinoyat işi tafsilotlariga oid Kun.uz sörovlarini javobsiz qoldirdi.