Özbekistonda ayollarning işlamasligini izohlaganda, asosan gender tengsizlikka olib keluvçi omillar, ya’ni patriarxal tuzum, oila a’zolarining aralaşuvi, "maço mentaliteti" kabi konservativ tuşunçalar sabab qilib körsatiladi.
Keng tarqalgan narrativlar ayollarning işlamasligiga, masalan, quyidagilarni sabab qilib körsatadi:
- Jamiyat "maço mentalitet"ga ega, ya’ni erkaklarga qaratilgan kutilmalar juda köp. Qolaversa, erkaklar kuçli raşk tufayli ayolining işlaşiga qarşi böladi.
- "Ayollar kamroq qobiliyatli, şuning uçun ularning joyi uyda" kabi stereotiplar mavjud.
- "Işlaş ayolning ayollik xususiyatlariga putur yetkazadi" kabi stereotiplar ham keng tarqalgani bois ayollar haq tölanadigan işlarda işlamaydi.
Tuşunganingizdek, ayollarning işlamasligi gender tengsizligi yoki madaniy normativlar bilan izohlanadi: konservativ qaraşlar va patriarxal tuzum tufayli, erkaklar ayollarning işlaşiga tösqinlik qilişi yoki ularning uy-rözğor işlari bilan şuğullanişini talab qilişi ayollarning mehnat bozoridagi iştirokini çeklaydi.
Jahon bankining 2024 yilgi "Özbekistonda gender tengligi tahlili"ga köra, ayollar örtasidagi iş haqi va bandlikning pastligi iqtisodiy ösişga salbiy ta’sir körsatmoqda va kambağallikni kuçaytirmoqda. Agar xotin-qizlar iqtisodiy faoliyatda erkaklar bilan birdek iştirok etsa, Özbekistonda milliy daromad 29 foizga oşar ekan. Ayollarning erkaklar bilan bir xil maoş olişini ta’minlaş esa 700 mingdan ortiq odamni kambağallikdan çiqarişga yordam berar ekan.
Sababmi yoki oqibat?
Yuqorida sanab ötilgan ijtimoiy normativlar, aslida, iqtisodiy şaroitlarning oqibati bölişi mumkin. Ayollarning işlamasligi, Özbekiston kabi past daromadli mamlakatlarda, odatda, iqtisodiy jihatdan “tabiiy qaror” böladi. Boşqaça qilib aytganda, ayollarning işlaşi köpinça iqtisodiy jihatdan samarasiz sanaladi. Çunki bolalarni boğçaga beriş, uy-rözğor işlari xizmatini yoki ovqat tayyorlaş xizmatini sotib oliş kabi xarajatlar ayolning işlaşidan keladigan daromaddan köproq bölişi mumkin. Ya’ni haq tölanadigan işning muqobil qiymati bölmiş haq tölanmaydigan işning qiymati ança yuqori. Şu tufayli, ayollarning işlamasligi oilaga iqtisodiy jihatdan foydaliroq hisoblanadi. Masalan, özbekistonlik ayollarning uçdan ikki qismi 2 mln sömgaça maoş oladi. Şu bilan birga, atigi 1 foizining oylik maoşi 5 mln sömdan oşadi.













