Qayd etilişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Böstonliq tuman bölimi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.
Unda, fuqaro S.N. va U.R. boşqa bir fuqaro J.ni tanişlari yordamida 1 200 AQŞ dollari evaziga Polşa davlatiga töğridan töğri işga yuborişni va’da qilib, şundan 600 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şu kabi, Oqqörğon tuman bölimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.
Unda, fuqarolar E.N., G.T. va boşqalar fuqarolarning işonçiga kirib, ularni göyoki elçixonalardagi tanişlari yordamida xorijiy davlatlarga işga jönatişni va’da qilib, G.T.ning plastik kartasiga 2021 yil 5 oktyabrdan 2022 yil 25 mayga qadar jami 531,7 mln sömni tuşirişga erişib, öz ehtiyojlari uçun işlatib yuborgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.












