«Jyeyms Uebb» teleskopi 2021 yil dekabrida koinotga uçirilgandi. Işçi orbitaga çiqiş uçun bir oyça vaqt ketdi. Keyin 5 oy davomida közgular korreksiya qilindi va ilmiy asboblar sozlandi. Teleskop 11 iyulda ilmiy dastur böyiça iş boşlagan edi. «Bu tasvirlar Uebb biz hatto töğri qöya olmaydigan savollarga javob topişga yordam bera olişini namoyiş qilmoqda. Bu savollar koinotimiz va undagi insonning örnini yaxşiroq tuşunişimizga yordam beradi», deydi NASA ma’muri Bill Nelson.

Juda aniq va tiniq tasvirlar NASA hamkorlari tomonidan navbatma-navbat taqdim etildi.

Kosmik qoyalar va yulduzlarning tuğilişi

Kill tumanligida yangi yulduzning tuğilişi. Foto: NASA, ESA, CSA, SscI 

Uşbu fotosuratdagi kosmik «manzara» aslida yulduzli osmondagi eng katta va eng yorqin obektlardan biri – Karina tumanligidagi (NGC 3324) ulkan kosmik çangli bulutning bir çekkasidir. Uşbu tumanlik Yerdan 7,5 ming yoruğlik yili masofasida joylaşgan.

Suratdagi ba’zi «qoyalar»ning uzunligi 7 yoruğlik yiliga yetadi. Bulutdan kötarilayotgan «buğ» esa qizigan gaz va çang zarralari bölib, tumanlik ösib borgan sayin ular ham uzluksiz ravişda otiladi. Uşbu bulutlarda birinçi yulduzlar tuğilgan.

Galaktikalar va qora tuynuklar evolyutsiyasi

Stefan kvinteti — Pegas yulduz turkumidagi bir-biriga yaqin joylaşgan beşta galaktikalar guruhi bölib, astronomlar tomonidan 1877 yilda kaşf etilgan. Ulardan 4 tasi 210-340 mln yoruğlik yili masofasida joylaşgan bölib, bir-biri bilan doimiy boğliqlikda harakatlanadi.

Stefan kvintetidagi galaktikalarni qöl bilan sanaş mumkin: nomidan ham ma’lumki, ular beşta. Uşbu rasm 150 million pikseldan iborat bölib, 1000 ta alohida faylda rasm körinişida olingan. Hozirça kosmik teleskoplar tomonidan olingan eng katta rasm. Foto: NASA, ESA, CSA, SscI 

Bu hozirgaça suratga olingan beşta obektning eng kattasi: kvintet samoda tölin Oyga qaraganda beş baravar kamroq maydonni egallaydi.

Tasvir 150 milliondan ortiq alohida piksellardan taşkil topgan va mingga yaqin alohida kadrlardan yiğilgan.