“Jyeyms Uebb” kosmik teleskopi ilk bor Neptunda yorqin qutb yoğdusini tasvirga oldi. Ilgari astronomlar sayyorada uşbu hodisa mavjudligini taxmin qilib kelgan, ammo bu tasdiqlanmagan edi. Surat NASA rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Qutb yoğdusi Quyoşdan keladigan zarraçalar sayyoraning magnit maydoniga kirib, atmosferaning yuqori qatlamlariga urilganda yuzaga keladi. Bu töqnaşuvlar natijasida ajralib çiqadigan energiya közga körinadigan nurlanişni hosil qiladi.

1989 yilda “Voyajyer 2” zondi Neptun yonidan uçib ötayotganda, astronomlar sayyorada qutb yoğdusiga öxşaş hodisani körişgandi. Biroq uning haqiqiyligini tasdiqlaş va hodisani yaxşiroq suratga oliş qiyin keçdi. Bu işni faqat “Jyeyms Uebb” uddalaşga muvaffaq böldi.

Teleskop ilk ma’lumotlarni 2023 yilda Yerga uzatgan. Olimlar tasvirlarda qutb yoğdusining asosiy belgisi bölgan uç vodorodli kationni kördi. “Jyeyms Uebb” kuzatuvlari natijasida hodisa nima sababdan uzoq vaqt körinmay kelganiga ham aniqlik kiritildi: yoğdu qutblar örniga örta kengliklarda namoyon bölgan. Bunga sabab Neptunning magnit maydoni aylaniş öqiga nisbatan 47 daraja oqqani — natijada quyoş şamoli atmosfera bilan odatdagidan boşqaça ta’sirlaşişni boşlagan.

Tadqiqotçilar “Uebb” teleskopi ma’lumotlarini Neptunning “Habbl” teleskopidan olingan tasviriga joylaştirdi. Bu usul sayyoradagi qutb yoğdularining qanday körinişini tuşunişga yordam berdi.