O‘zbekiston | 07:39 / 19.07.2022
15907
1 daqiqa o‘qiladi

Qarshi shahrining sobiq hokimi Yo‘ldosh Qorayev vafot etdi

Qarshi shahrining sobiq hokimi Yo‘ldosh Qorayev vafot etdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Qayd etilishicha, sobiq hokimning oila a’zolari va qarindoshlariga Qashqadaryo viloyati hokimi Murod Azimov, tuman, shahar hokimliklari va viloyat tashkilotlari rahbarlari hamda keng jamoatchilik ta’ziya bildirgan.

Ma’lumot uchun, Yo‘ldosh Qorayev 1952 yil tug‘ilgan. 1998—2001 yillar Qarshi shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
 
Bundan oldin Qashqadaryo viloyatining birinchi hokimi vafot etgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid