Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Norov YeXHT missiyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi
DIIHB vakillari rejalashtirilgan respublika referendumini tayyorlash va o‘tkazishda O‘zbekiston tomoni bilan faol hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.
2022 yil 19 iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (YeXHT DIIHB) ehtiyojlarni baholash missiyasi rahbari Vladimir Misevni qabul qildi.
«Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish doirasida YeXHT DIIHB bilan hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekistonning DIIHB bilan konstruktiv hamkorligi sezilarli darajada faollashganini qayd etdilar. Saylovlarni kuzatish byurosining to‘liq miqyosdagi missiyalari parlament (2019 yil) va prezident saylovlarida (2016 va 2021 yillar) ishtirok etdi.
Ehtiyojlarni baholash missiyasi delegatsiyasiga rejalashtirilgan konstitutsiyaviy islohotning asosiy jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Asosiy qonunga kiritilgan o‘zgartishlar «Inson qadri uchun» degan bosh tamoyilni hayotga tatbiq etishga qaratilgani ta’kidlandi. Yangilangan konstitutsiya O‘zbekistonni uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasining mustahkam huquqiy asosi, kafolatini yaratishi zarurligi ta’kidlandi.
Bo‘lajak referendumda Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari uchun Markaziy saylov komissiyasiga har tomonlama ko‘maklashish, xorijdagi vatandoshlarimizning ovoz berish jarayonida faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoit yaratish ustuvor yo‘nalishlar ekanligi qayd etildi.
DIIHB vakillari rejalashtirilgan respublika referendumini milliy qonunchilik va umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlarga muvofiq tayyorlash va o‘tkazishda O‘zbekiston tomoni bilan faol hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Mavzuga oid
10:24 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva YXHT bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘lu bilan uchrashdi
19:26 / 21.05.2026
Shavkat Mirziyoyev YeXHT bilan ko‘p qirrali hamkorlik masalalarini muhokama qildi
10:23 / 16.01.2026
Grenlandiya masalasi: YeXHT “darhol javob berishga tayyor”
21:07 / 08.12.2025