Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh prezidenti Bayden COVID-19’ni yengil shaklda o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi
Oq uy ma’lumotlariga ko‘ra, 79 yoshli Jo Bayden birinchi marta koronavirusni yuqtirib oldi va o‘zini yakkalash rejimida ishlashda davom etib, kasallikni yengil alomatlar bilan o‘tkazmoqda.
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Jo Bayden koronavirus infeksiyasini yengil shaklda o‘tkazmoqda. U o‘zini yaxshi his qilmoqda va ishlashda davom etmoqda, deya xabar berdi 22 iyul, juma kuni Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per. Xususan, u maslahatchilar bilan muloqot qilyapti, qonun loyihalarini imzolayapti va maxsus xizmatlarning kundalik brifinglarida qatnashyapti, dedi u.
O‘sha kuni iqtisodiy masalalar bo‘yicha yig‘ilishda Bayden video-aloqa orqali o‘zini «yaxshiroq his qilayotgani» haqida xabar berdi. Avvalroq davolovchi shifokorlar qayta emlangan prezidentda COVID-19’ning yengil alomatlari borligi va u davolash jarayoniga yaxshi reaksiya ko‘rsatayotganini ma’lum qilgandi.
79 yoshli Baydenning 21 iyul kuni pandemiya boshlanganidan beri koronavirus uchun topshirgan testida birinchi marta musbat natija chiqdi. U Oq uyda o‘zini o‘zi yakkalash rejimida bo‘lib turibdi hamda virusga qarshi dorilar bilan davolanmoqda. Uning testi manfiy bo‘lishi bilanoq u odatdagidek ishga qaytishni rejalashtirmoqda, bu haqda qo‘shimcha xabar beriladi.
Mavzuga oid
20:18 / 18.12.2025
Oq uyda Obama va Baydenni mazax qiluvchi lavhalar o‘rnatildi
16:40 / 18.12.2025
«Yevropalik cho‘chqachalar qulashimizdan umid qilgan» - Putin Bayden ma’muriyati va yevropaliklarni urushni boshlashda aybladi
18:10 / 29.11.2025
Tramp Baydenning avtopero bilan imzolangan farmonlarini bekor qilishini aytdi
21:32 / 11.10.2025