Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Rossiyadagi 29 gubernator va Alisher Usmonovning jiyanlariga qarshi sanksiya qo‘lladi
Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritishda davom etmoqda. Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi sababli yana 42 kishi Birlashgan qirollik sanksiyalari ro‘yxatidan joy olgan.
Bu gal sanksiya ro‘yxatiga Rossiyaning 29 ta hududi gubernatori kiritilgan. Ular orasida Moskva oblasti gubernatori Andrey Vorobev, Bryansk oblasti rahbari Aleksandr Bogomaz, Kursk oblasti rahbari Roman Starovoyt, Sverdlovsk gubernatori Yevgeniy Kuyvashev, Chelyabinsk gubernatori Aleksey Teksler va Komi respublikasi rahbari Vladimir Uyba ham bor.
Ro‘yxatga Rossiya adliya vaziri Konstantin Chuychenko va uning o‘rinbosari Oleg Svridenko ham kiritilgan. Sputnik International axborot agentligi bosh muharriri Anton Anisimov, britaniyalik rusparast bloger Grem Fillips ham sanksiyaga uchragan.
«Qora ro‘yxat»da «LXR», Suriya va Falastin fuqarolarini ham ko‘rish mumkin. Shuningdek, ro‘yxatda o‘zbek millatiga mansub Sarvar Ismoilov va Sanjar Ismoilov ham bor. Ular rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning jiyanlari hisoblanadi. Sarvar Ismoilov bir muddat Angliyaning «Everton» klubi direktorlar kengashi a’zosi ham bo‘lgandi.
Mavzuga oid
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026