Konstitutsiya qişloq xöjaligi yerlarini xususiylaştirişga tösiq bölmasligi kerak
|20:37 / 27.07.202258 83127 min
Özbekiston qişloq xöjaligiga möljallanmagan yerlarni xususiylaştiriş bosqiçiga nihoyat yetib keldi. Biroq tasodifni qarangki, şu ulkan islohot röy bergan 2022 yilda boşqa bir jiddiy xatoga yöl qöyilişi mumkin: rasmiylar Konstitutsiyaga qişloq xöjaligi yerlari xususiylaştirilişini imkonsiz qilib qöyadigan normalarni kiritmoqçi.
Yuristlar Ilhom Azizov va Umida Haqnazar Kun.uz uçun yozgan maqolasida tarixga mö’jaz nazar taşlab, qişloq xöjaligining mustamlakaçilik şakliga ta’rif berdi hamda yer islohotining dunyo tajribasidagi namunaviy modellarini sanab ötdi. Mualliflar yer boşqaruvining sotsialistik uslublaridan voz keçişi böyiça Özbekiston oldida turgan vazifalar haqida söz yuritdi.
Yer sayyorasida aholi soni oşgan sari ekin maydonlari qisqarib boryapti, şu bilan birga yer hosildorligini oşiriş uçun xarajat va investitsiyalar tobora ösib boryapti. Ayni paytda, yerga egalik huquqi himoyalanmagan va yerni olib qöyiş tahlikasi saqlanib qolgan holatda, masalan, ijara yoki mulkçilikning mustahkam bölmagan boşqa turidagi şaklida qişloq xöjaligi sektorini moliyalaştiriş qiyin böladi.
Davlat tomonidan qöriqlanadigan va ta’minlanadigan egalik huquqi bölmas ekan, işlab çiqaruvçilardan investitsiyalar kiritiş va yer hosildorligini tiklaş böyiça urinişlarni kutiş özini oqlamaydi. Uşbu oddiy mantiqdan kelib çiqqan holatda, yerga egalik huquqini taqdim etişni har tomonlama rağbatlantiriş lozim, degan xulosaga keliş mumkin.
Mustamlakaçilik davri
Mustamlakaçilar yer ustidan nazorat va arzon işçi kuçi kerakligini yaxşi anglaganlar – dehqonlarga yerga egalik böyiça erkinlik ta’minlanadigan bölsa, ularning özlari fermerlik bilan şuğullanişni afzal köradilar.
Qişloq odamlariga yerga egalik qilişda erkinlik va ularga mustaqil ravişda xöjalik yuritiş imkoniyatini beriş – daromadlarning adolatli tarzda qayta taqsimlanişiga olib kelar, bu esa oxir-oqibat mustamlakaçilarga xizmat qiladigan feodallarning monopoliyasiga va arzon yollanma işçi kuçlari hisobiga maksimal darajada daromad oliş imkoniyatiga barham berardi.
Qayd etiş joiz, bular nafaqat mustamlakaçilik rejimlarga, balki mustamlakaçilikdan qutulgan rivojlanayotgan mamlakatlar tarixiga ham taalluqlidir. Bu mamlakatlarda mahalliy elitalar ekinzorlarni hamda öz manfaatlari yölida iş kuçlarini xuddi mustamlaka bölgan mamlakatlardagi kabi nazorat qilişar va buning oqibatida qişloq joylarida qaşşoqlik va yersizlik yuzaga kelardi.
Mahalliy elitalarning yer resurslari ustidan nazorati muayyan tarixiy amaliyotlarning qöllanişi evaziga ta’minlanadi. Masalan:
Hosildor/suğoriladigan yerlarga egalik huquqi faqat hukmron elitalar vakillariga taqdim etiladi, qolganlarga esa faqat unumdorligi past, infratuzilmalari umuman yöq yoki rivojlanmagan çekka hududlardagi yer uçastkalari beriladi.
Mavzuga oid
Yirik yer egalari uçun korporativ soliqlarni pasaytiriş yoki bekor qiliş, ularning yollanma işçilariga ham xuddi şunday imtiyozlar beriş. Mustaqil va erkin dehqonlar hamda ularning yollanma işçilari uçun esa soliqlarni köpaytirib qöyiş. Bu kabi iqtisodiy siyosat Ğarbiy Yevropada feodalizm davrida, Örta asrlarda Yaponiya, Xitoy, Hindiston va Usmoniylar imperiyasida hamda boşqa mustamlakaçi davlatlarda keng qöllangan.
Bozorlar, yöllar va hokazo jamoatçilik boyliklaridan foydalaniş huquqini faqat hukmdor guruhlarning xöjaliklariga taqdim etiş. Köp hollarda bu qişloq xöjaligi mahsulotlari savdosini monopollaştiriş bilan böladi. Masalan, Mozambikda “prazo” tizimi işçi işlatişga, mahsulotni bozorlarga çiqarişga, yer resurslariga monopoliyani öz içiga olgan edi. Keniyada mustamlakaçi hukumat 1950 yillargaça mahalliy tub aholiga qahva yetiştirişni taqiqlab kelgan. Hozirgi Malavi va Zimbabve hududlaridagi tamaki sotuvçi Yevropa monopoliyalari mazkur mamlakatlar mustaqillikka erişganidan söng yirik fermaga aylantirildi. Ba’zi holatlarda monopoliyalarni saqlab qoliş uçun ularga töğridan töğri subsidiyalar tölangan, natijada ular yuqoriroq iqtisodiy körsatkiçlarga erişgan dehqonçilik xöjaliklariga nisbatan raqobatda ustun kelgan.
Öz-özini band qilgan dehqonlar mehnati ziddiga çet mamlakatlardan jalb qilingan arzon mehnatdan yoki qullardan keng foydalaniş. Bu holat mustaqil xöjalik yurituvçi mayda va örta xöjaliklarni taşkil etişga tösqinlik qilardi. Uşbu amaliyotdan foydalaniş hasiyendalarni taşkil etişga olib keldi.
Hasiyenda – bir qaraşda ozod, ammo zamindorga işlaşga majbur “batrak”lar biriktirilgan yirik xususiy yer xöjaligi.
Hasiyenda – Jazoir, Misr, Keniya, Janubiy Afrika va Zimbabveda, Boliviya, Çili, Gonduras, Meksika, Nikaragua, Peru hamda Lotin Amerikasining boşqa mamlakatlarida, şuningdek, Filippinda, Prussiyada va Şarqiy Yevropaning boşqa qismlarida uzoq vaqt davomida eng yangi tarix davriga qadar qişloq xöjaligini yuritişning asosiy şakli bölib qoldi.
Öziga tegişli yerida işlab, tirikçilikni ötkaziş imkoniyati bor ekan, işçi va fermerlar yirik zamindorlarning dalalarida çorikorlik qilişdan, arzimagan pulga işlaşdan boş tortib kelişgan. Dehqonlarni mustaqil ravişda fermer xöjaligi yuritiş imkoniyatidan mahrum qiliş hamda hukumat intervensiyalarini qöllaş hisobiga ularni yirik plantatsiyalarda yollanib işlaydigan arzon işçi kuçiga aylantiriş mayda fermerlarni raqobatdagi ustunlikdan mosuvo qilar edi. Tor doiradagi yirik zamindorlarning juda katta foyda körişlarini ta’minlaş maqsadida dehqonlarning katta guruhini arzimagan iş haqi evaziga işlaydigan mardikorlar safida uşlab turiş siyosati eng yangi tarix davrigaça odatiy hol bölib keldi.
Yer islohotlari modellari
Yer islohotini ötkaziş jarayonida (şu jumladan, qişloq xöjaligi va qişloq xöjaligiga oid bölmagan) yer islohoti turli vaziyatlarda turliça talqin qilinişi mumkin. Tarixdan örin olgan yer islohotining ikki modelini alohida ajratiş mumkin.
Bozor mexanizmlariga asoslangan birinçi modelga köra, davlat yerni dehqonçilik (boğbonçilik) qiliş uçun avvalgiga qaraganda kiçikroq ölçamlarda sotişi yoki ijaraga berişi mumkin (taqsimlovçi islohot).
Sotsialistik deya ataluvçi ikkinçi model işlaganda yerga birgalikda işlov beriladi, uning uzufrukti (foydalaniş va daromad qiliş) kooperativ, kollektiv va davlat fermalari işçi-xodimlari tomonidan birgalikda amalga oşiriladi (kollektiv model).
Birinçi model – taqsimlovçi model doirasida turli maqsadli kategoriyalar mavjud, ularni quyidagi asosiy kategoriyalarga ajratiş mumkin: “ijtimoiy yer islohoti”, “iqtisodiy yer islohoti”, “siyosiy yer islohoti” va “ekologik yer islohoti”. Real hayotda ular tez-tez kombinatsiyalanadi, özida ikki va undan köproq unsurlarni mujassamlaştiradi.
Ijtimoiy yer islohoti
Ijtimoiy yer islohoti tarafdorlari qişloqda işsizlikni qisqartirişni birinçi öringa qöyişadi, islohotlardan kambağallikni qisqartiriş va ijtimoiy adolatga erişişga intiladilar. Ular aholisi ziç joylaşgan hududlardagi vaziyatni yengillatiş, qaşşoqlikni qisqartiriş, kambağal va yersiz dehqonlarni qöllab-quvvatlaş, ular dehqonçilik uçun yer köp bölgan hududlarga köçib borişiga yordamlaşiş, oçarçilikka barham beriş kabi nişonlarga alohida urğu berişadi. Masalan, Braziliya, Malavi, Janubiy Afrika va Zimbabveda.
Iqtisodiy yer islohoti
Iqtisodiy yer islohoti tarafdorlari unçalik katta bölmagan fermalar, şu jumladan, oilaviy fermalarning mahsuldorlik sohasidagi ustunligini ta’kidlab kelişadi. Bu iqtisodiy yer islohoti oldida yerni adolatliroq taqsimlaş va şu yöl orqali qişloq xöjaligi mahsuldorligini oşiriş, bu işlarning natijasi ölaroq işçi örinlarini yaratiş, öz özini band qilişni ta’minlaş va kambağallikni qisqartiriş kabi muayyan maqsadlarni öz içiga oladi (Braziliya, Xitoy, Hindiston, Filippin, Janubiy Afrika va Zimbabve).
Siyosiy yer islohoti
Siyosiy yer islohoti tarafdorlari birinçi navbatda feodallarça işlab çiqariş munosabatlarini tugatişga hamda yirik yer uçastkalari bir neça hukmdorlarga yaqin guruhlar qölida jamlanişini töxtatişga intilişadi.
Siyosiy yer islohoti oldida turgan konkret maqsadlar siyosiy barqarorlik va tinçlikni barpo etişdan iborat. Postkonflikt davrda (postkonflikt – harbiy harakatlar töxtagan va qayta tiklaş işlarini boşlaşga imkon beruvçi vaqt) bu yerni uruş faxriylariga yoki qoçqinlarga va şuningdek, uruş tufayli köçirilgan odamlarga (masalan, Zimbabveda) berilişini közda tutadi.
Postkolonial vaziyatlarda siyosiy maqsadlar, şuningdek, restitutsiyani, ya’ni musodara qilingan yerlarni avvalgi egalariga qaytarişni (Şarqiy Yevropa, sobiq SSSRning Boltiqböyi respublikalari) hamda yerga egalikning irqiy disbalansini töğrilaş (masalan, Jazoirda, Afrikaning şarqi va janubida), yangi elita a’zolari uçun huquq va imkoniyatlarini kengaytirişni (Keniya va Zimbabve) öz içiga oladi.
Ekologik yer islohoti
Ekologik yer islohoti tarafdorlari yerni, örmonlarni va yovvoyi tabiat zaxiralar egaligini tegişli tarzda qişloq xöjaligi amaliyotlarini qöllay oladigan omilkor fermerlar guruhlariga topşiriş yöli bilan barqaror ekologik boşqaruvga intiladilar.
Xalqaro tajriba: egalik huquqi va yerdan foydalaniş siyosatida ustunliklar transformatsiyasi
Köplab mamlakatlar mustaqillikka erişib, mustamlakaçilik tugatilişi bilan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy qarama-qarşiliklarni maksimal darajada kamaytiriş maqsadida yer islohotlari amalga oşirila boşlandi. Rivojlangan mamlakatlarda yer sohasidagi munosabatlarning liberallaşuvi ança oldinroq, XVIII-XIX asrlarda amalga oşirilgan.
Masalan, AQŞda konstitutsiyaga “Olib qöyiş töğrisida” (1791 yilgi “Huquqlar töğrisida”gi bill) beşinçi özgartiriş qabul qilinişi bilan xususiy mulkning mustahkamligi töğrisidagi tamoyil qabul qilindi, ya’ni xususiy mulk davlat tomonidan (jamoatçilik manfaati yölida, “public needs”) adolatli kompensatsiyasiz olib qöyilişi mumkin emas. 1864 yilda Konstitutsiyaga 13-özgartiriş kiritilişi bilan qullik va majburiy mehnat bekor qilindi. Mazkur tamoyillarning heç kim daxl qila olmaydigan huquq sifatida qabul qilinişi – yerga egalik huquqining himoya qilinişini mamlakat iqtisodiy va siyosiy tizimning asosi sifatida körilişidan davlat ham manfaatdorligini namoyiş etib qöydi.
Keyinroq AQŞ Oliy sudi tomonidan mazkur tamoyillarni mustahkamlovçi bir qator sud qarorlari qabul qilindi, keyinroq ular alohida ştatlar va hududlarning yerdan foydalaniş va hududlarga ajratiş (ya’ni yerlarni sanoat, qarorgohlik, qişloq xöjaligi va boşqa) kodifikatsiya qilingan hujjatlari sifatida qabul qilindi.
Yevropada 1879 yilgi Buyuk fransuz inqilobi yakunlari böyiça feodal egalik, krepostnoylik huquqi, feodal sudlar hamda köçmas mulk bilan boğliq oğir tölovlarni bekor qiluvçi yer islohoti amalga oşirildi va ularning örniga uçta yangi – yerga egalik, mulk va savdo-sanoat faoliyati böyiça soliqlar joriy etildi.
Rivojlangan mamlakatlarda “mulk şakli” kabi tuşunçalar, sobiq SSSR ittifoqdoş respublikalari qonunçiliklaridagi kabi mulkni “xususiy” va “davlatniki”ga ajratiş amaliyoti mavjud emas. Avvalo mulkçilik şakli emas, balki mulk egalarining turfa xilligi tan olinadi, negaki yerga jismoniy şaxslar ham, şeriklik körinişidagi yuridik şaxslar, korporatsiyalar, notijorat taşkilotlari yoki masalan mahalliy jamoalar ham egalik qilişlari mumkin.
Qişloq xöjaligida “davlat mulki” degan tuşunçaning özi yöq. Buning örniga yerga public land, public property – jamoatçilik yeri, jamoatçilik mulki kabi tuşunçalar işlatiladi. AQŞda jamoatçilik ehtiyoji uçun foydalanadigan yerlar mavjud bölib, ularning qatoriga qöriqxonalar, milliy boğlar yoki yaylov uçun yaşil hududlar yoxud toğli hududlar, köllar, dengizlar, daryolar va hokazolarni kiritiş mumkin.
Yevropadagi ba’zi mamlakatlarda, şuningdek, common land – “umumiy yer” degan tuşunça mavjud. Ba’zilarida utilized agricultural area degan tuşunça bor va mahalliy hokimiyat organlariga tegişli bölgan, qişloq xöjaligi maqsadida foydalanadigan yerni anglatadi. Bunaqa yerlarda, şuningdek, boşqa şaxslar ham umumiy va qöşma huquqlarni amalga oşirişi mumkin. Biroq Yevropa ittifoqining hamma mamlakatlarida ham jamoatçilik yerlari yöq, negaki ulardagi barça yerlarga jismoniy va yuridik şaxslar egalik qiladi.
Şunday qilib, köplab mamlakatlarda amalga oşirilgan agrar islohotlarning eng muhim elementi – yerni xususiy mulkka aylantirişga qaratilgan qonunlarning joriy qilinişi böldi. Nafaqat yerga egalik qilişning eng adolatli şakli sifatida, balki undan foydalanişning eng yuqori darajada samaradorligiga erişiş va uzoq vaqt davomida foydalaniş uçun avaylab asralişini ta’minlaydigan holat yuzaga keltirildi.
Yerni xususiylaştiriş amalga oşirilmagan mamlakatlarda ham yerni uzoq muddatga ijaraga va subarendaga beriş zarurati borligini anglab yetdilar.
Masalan, kommunistik Xitoyda 1978 yildan keyin yer avvaliga norasmiy ijara şartnomasi bilan 15 yilga berilgan, keyinçalik bu muddat 30 yilgaça uzaytirilgan. Vetnamda ham 1998 yilda qabul qilingan “Yer töğrisida”gi qonunga muvofiq, bir yillik ekinlar uçun yer ijarasi har 20 yilda, köp yillik ösimliklar uçun esa har 50 yilda avtomatik tarzda yangilanib borişi közda tutilgan. Ya’ni ijara huquqi tijorat aylanmasiga kiritilgan hamda çet elliklarga muayyan şartlar asosida yerni ijaraga olişga ruxsat beradi. Ijara şartnomasining muddati yaqinlagan sari uning uzaytirilişi borasida işonçsizlik investitsiyaviy rağbat darajasini pasaytirib qöyişi mumkin. Şuning uçun ham ijara şartnomasi muddatini uzaytiriş qoidalarida şaffoflik va adolatning ta’minlanişi mulkka egalik huquqi himoyalanişining muhim mexanizmi bölib qolgan (uşbu holatda ijaraga).
Dunyoning aksariyat mamlakatlarida davlat (qişloq xöjaligi yer bozorining tijorat iştirokçisi sifatida) samarasi past bölgan xöjalik funksiyalarini bajarişdan voz keçib, bu vazifani xususiy sub’yektlarga yuklab qöygani va şu bilan birga, jamoatçilik manfaati yölida regulyativ funksiyalarini saqlab qolgan, degan xulosaga keliş mumkin.
Qişloq xöjaligini tartibga solişda davlat rolining transformatsiyasi
Davlat qişloq xöjaligi sohasida (qişloq xöjaligi yer bozorida tijorat iştirokçisi sifatida) xöjalik funksiyalarini bajarmay qöygan ekan, davlatning asosiy funksiyasi jamoatçilik manfaati yölida regulyativ, ya’ni tartibga soluvçi rol bölib qoladi. Masalan, agar xususiy yer uçastkasining egasi hududlaştiriş töğrisidagi qonunni buzgan holda örmonni kesib yöqotmoqçi yoki quriliş taqiqlangan hududlarda bino va inşootlarni barpo etayotgan bölsa, ya’ni jamoatçilik manfaatlari (public interess) buzilayotgan bölsa, davlat özining regulyatsiya funksiyalarini bajarişga kirişadi.
Bundan taşqari, davlatning qişloq xöjaligidagi yana bir regulyativ funksiyasi – qişloq xöjalik sektoriga rivojlaniş, zamonaviylaştiriş va yangi bozorlarga turli subsidiyalar, marketing tadqiqotlari, qişloq xöjaligining umumiy infratuzilmalarini yaxşilaş va hokazolar. Masalan, davlat suv ta’minoti tizimini qöllaş, kuşxonalarni zamonaviylaştiriş, laboratoriyalarni jihozlaş, yöl infratuzilmalarini quriş, tuproq unumdorligini asraş böyiça ilmiy tadqiqotlarni ötkaziş, qişloq xöjaligi ekinlari, uruğlarining yangi navlarini yaratiş, zararli organizmlarga qarşi kuraşning zamonaviy uslublarini qöllaş, zarur qişloq xöjaligi amaliyotlarini, fermerlar uçun ta’lim dasturlarini joriy etiş va boşqalar ham şular jumlasidan.
Sanoatlaştiriş ösişi va zamonaviy texnologiyalarning rivojlanişi bilan zamonaviy rivojlangan iqtisodiyotlarda qişloq xöjaligi sohasining uluşi xalq xöjaligi kölamida ança kamayib bormoqda. Iqtisodiyotda sanoat va xizmatlar segmentlarining hajmi ösdi, qişloq xöjaligi zamonaviylaştirildi va oqibatda işçi örinlarining muhim manbasi sifatida ahamiyati kamaydi. Masalan, AQŞda qişloq xöjaligining yalpi içki mahsulot hajmidagi uluşi 1 foizga yaqin, qişloq xöjaligi sektoridagi bandlik uluşi esa 1,3 foizdan yuqori emas.
Şunday qilib, yuqori darajadagi sanoatlaştiriş hamda iqlimning özgarişi, yer zaxiralarining tugaşi, aholi sonining ösişi, davrning ösib borayotgan yangi tahdidlari köplab mamlakatlarda qişloq xöjaligi yerlarini tartibga solişda birinçi navbatda qilinişi kerak bölgan işlar qayta körib çiqilişiga olib keldi. Tartibga soliş işlari köproq barqaror rivojlaniş masalalariga qaratilmoqda, ya’ni “yaşil texnologiyalar”ni rivojlantirişga hamda qişloq xöjaligida yuqori texnologiyali innovatsiyalarni özlaştirişga köproq e’tibor qaratilmoqda va bufaqat yerga egalik huquqi himoyalangan holatda amalga oşirilişi mumkin.
Dunyoda yerga egalik huquqi himoya qilinişining işonçli mexanizmlarini tatbiq etişning maqsadga muvofiqligi borasida tortişuvlar töxtab bölgan.
Yerga xususiy mulk egaligi, uzoq muddatli ijara va subarenda huquqlari bilan bir qatorda, samarali qişloq xöjaligini ta’minlaş maqsadidagi, ayniqsa zamonaning ösib borayotgan tahdidlari qavatida eng muhim mexanizmlaridan deya tan olingan.
Şunga qaramay, turli mamlakatlar orttirgan tajriba şuni körsatib turibdiki, yerga xususiy mulk egaligi va uzoq muddatli ijara huquqi joriy qilinganiga qaramay, hamma joylarda ham yer islohotlari muvaffaqiyatli keçib, öz maqsadlariga erişa olmagan. Buning sababi esa islohot agrar sektorning samarali rivojlanişi uçun ahamiyati kam bölmagan hamroh mexanizmlar bilan ta’minlanmaganida. Bu kabi zarur va öta muhim mexanizmlar qatorida quyidagilarni sanab ötiş mumkin:
1. Hududlaştiriş (zonalaştiriş – yerlarning qişloq xöjaligi, sanoat va tegişli podkategoriyalarini toifalaş). Hududlaştiriş samarali ravişda joriy qilingan mamlakatlarda (AQŞ, YeI mamlakatlari) yerni musodara qiliş böyiça tortişuvlar kamroq va hokazo.
2. Yerni kadastr şaklida rasmiylaştirişning şaffof mexanizmlari hamda huquqni belgilovçi hujjatlar. Ba’zi mamlakatlarda mulk egasini aniqlaşga hamda ipoteka kabi ikkilamçi moliyaviy hujjatlarning paydo bölişiga imkoniyat beruvçi, huquqlar borasida bahslaşiş huquqlarini taqdim etişning himoya qilinişini ta’minlaydigan huquqni belgilovçi hujjatlarni rasmiylaştirişning şaffof mexanizmlari yöqligi uçun agrar islohotlarni amalga oşiriş böyiça rejalar çippakka çiqdi. Huquqlarni rasmiylaştiriş böyiça tranzaksiyaviy xarajatlar man etadigan darajada yuqori va/yoki haddan ziyod byurokratik bölmasligi muhim, aks holda iş qorabozorlar paydo bölişiga olib keladi hamda huquqlarni aniqlaş va kredit oliş böyiça imkoniyatlarni murakkablaştirib qöyadi va hokazo.
3. Şu jumladan, huquqlarni himoya qiliş böyiça tortişuvlarni körib çiqadigan sud tinglovlari va sud qarorlarini ijro etiş böyiça huquqiy tatbiqning samarali mexanizmlari mavjudligi. Agar huquqlar buzilganda sud orqali mojaroni hal qiliş qiyin keçadigan bölsa, da’vo arizalarini körib çiqiş muddati haddan ziyod çözilib ketsa yoki porasiz işni bitiriş imkoniyati bölmasa yoxud muayyan uçastka böyiça çiqarilgan sud qarorining ijrosi tegişli organlar tomonidan amalga oşirilmasa, huquqni belgilovçi hujjatlarning mavjudligi öz-özidan yetarli bölmay qolişi mumkin.
4. Moliyaviy infratuzilmaning mavjudligi. Mayda xöjaliklar va hokazolarga kredit taqdim etilişini ta’minlovçi şaroitlar ham şu jumladan.
5. Yer/agrar islohoti uçun mas’ul bölgan vakolatli markaziy organning mavjudligi. Köplab hokimiyat organlarining funksiyalarini bölak qismlarga ajratiş – vakolatlarining (öşa bir neça organlar orasida) takrorlanişiga, şaffoflikdan mosuvo bölişga, yuqori xarajatlarga va korrupsiyaviy sxemalarning paydo bölişiga olib keladi.
6.Yer resurslaridan samarali foydalaniş suv resurslaridan ratsional foydalanişga töğridan töğri aloqador. Qişloq xöjaligida pulli suv ta’minotiga ötilişi yer bozoridagi bozor mexanizmlarining rivojlanişi uçun juda muhim omil sanaladi.
Yuqorida bayon etilganlardan taşqari, agrar islohot ötkazilib, yer xususiy mulkka taqsimlanayotganda: 1) yer köpçilik yer egalari orasida haddan ziyod tarzda parçalanişi yoki aksi bölişi mumkin; 2) sanoqli mulk egalarining qöli ostida jamlanişi mumkin, degan xavotirlarni eşitib qolamiz.
Birinçi turdagi tahdid ortidan yerlar mayda yarimnatural xöjaliklarning paydo bölişiga olib keladi. Bunaqangi xöjaliklar bozor va eksportga, zamonaviy texnologiyalar va sifat standartlarini joriy etişga moslaşmagan böladi. Şunaqangi holat yuzaga kelmasligi uçun hamda bir vaqtning özida ijobiy natijalarga erişiş uçun mayda va örta fermerlar orasida agrokooperatsiyani rivojlantiriş zarur. Agrokooperatsiya innovatsiyaviy texnologiyalarni joriy etiş, sektor uçun konsalting va ilmiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatini kengaytirişga hamda eksportga yönaltiriladigan mahsulot sotişga möljallangan infratuzilmalarning rivojlantirilişiga kömak beradi.
Ikkinçi tahdid – çeklangan yirik zamindorlar qöli ostida yerlarning jam bölişi latifundiyaga, bu esa ayniqsa aksariyat uluşi qişloq aholisiga töğri keladigan mamlakatlarda ijtimoiy taranglikni hamda agrar islohotlar oldida turgan iqtisodiy maqsadlarga yetişmaslikka olib kelişi mumkin.
Şuningdek, yerni xususiylaştirişda korrupsiya darajasi yuqori bölsa, yerni ikkilamçi bozorda qayta sotilişida esa tranzaksiyaviy xarajatlar yuqori qilib qöyilsa, bu – katta yerlar samarali faoliyat yuritadigan mulk egalarining qöliga tuşişiga tösiq böladi. Şuning uçun ham bir-biri bilan boğliq jismoniy va yuridik şaxslarga yerga egalik qilişda çeklovlar örnatiş muhim. Bu kabi çeklovlar bölmasa, samarasi past mulk egalari boşqarayotgan latifundiyalarning paydo bölişiga olib keladi. Masalan, şu kabi holat Qozoğistonda yuzaga kelgan.
Qayd etiş joiz, yerlarning jamlanişi (konsentratsiyasi) ba’zida davlat faol ravişda qişloq xöjaligini qöllayotgan şaroitlarda sodir bölmoqda. Yerga egalik qiliş unumdorlik va mahsuldorlikka boğliq bölmagan gektar hisobiga beriladigan subsidiya körinişidagi daromadlar manbayi bölib qolmoqda.
Özbekistonning joriy fursat vazifalari
Özbekistonda sovetlar davrida yer munosabatlarining sovetça modeli qöllab kelingan. Ittifoq parçalanib ketganidan keyin yer munosabatlarining konseptual asoslari özgarmay qoldi. Hozirda amal qilayotgan Konstitutsiyaning 55-moddasida yer umummilliy boylik deb belgilangan.
Konstitutsiyaning 2-moddasiga binoan, davlat xalq irodasini ifoda etadi va uning manfaatlari uçun xizmat qiladi. Mazkur ikki modda yer va boşqa milliy boyliklarning egasi aslida xalq ekanligini va bu boyliklarni boşqariş uçun davlatga işonib topşirganini aytadi – davlat bu boyliklarga egalik qiladi va ularni xalq manfaatlari yölida tasarruf qiladi.
Konstitutsiyani özgartiriş kiritiş böyiça qonun loyihasidan boş qomusning 55-moddasi ham joy olgan. Taklif etilayotgan talqinga köra, yer va boşqa tabiiy resurslar “umummilliy boylik” ekanidan taşqari, ular “davlat mulkida böladi”. Şu bilan birga, “yer qonunda nazarda tutilgan şartlar asosida va tartibda xususiy mulk ham bölişi mumkin”.
“Qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar, örmon fondi davlatga tegişli bölib, tadbirkorlik sub’yektlariga ijara şartnomalari asosida ajratiladi”, degan normani ham mazkur moddaga kiritiş taklif etilmoqda.
Amaldagi Konstitutsiyaning 53-moddasida Özbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil şakllardagi mulk taşkil etişi yozilgan. Bu ta’rif yerni xususiylaştiriş va unga xususiy mulk sifatida egalik qilişga tösqinlik qilmaydi. Konstitutsiyani yer va boşqa tabiiy zaxiralar respublika mulki bölişi mumkinligini belgilovçi Fuqarolik kodeksi töldiradi. Şunday qilib, amaldagi Konstitutsiya qişloq xöjaligi yerlarini xususiylaştirişni istisno etmaydi.
Biz Konstitutsiyadagi moddalar qişloq xöjaligi yerlarining xususiylaştirilişiga yöl beruvçi talqinda qolişini muhim deb hisoblaymiz. Birinçidan, bu Konstitutsiyaning moslanuvçanligi va barqarorligini ta’minlaydi. Unutmaslik kerakki, bugungi kunda qişloq xöjaligi yerlariga xususiy mulk şaklida egalik qiliş huquqining rad etilişiga asos böladigan dastaklar yaqin kelajakda öz kuçini yöqotişi mumkin.
Ikkinçidan, yuqoridagi kabi ta’rif barça boğ va ekinzorlarning zudlik bilan xususiylaştirilişini anglatmaydi. Va eng asosiysi – Özbekiston tarixida qişloq xöjaligi yerlari azaldan yirik tovar işlab çiqariş hamda mayda tovar işlab çiqaruvçi (oilaviy va individual) yerlarga bölinadi. Bozor şaroitida bu kabi böliniş turli guruhlarning obektiv farqlanişini hamda korporativ şaxslar va individual xöjalik yuritiş sub’yektlarining guruh manfaatlari va imkoniyatlarini aks ettiradi.
Örta va yirik-tovar işlab çiqariş vakillari zayom moliyalaştirişning katta imkoniyatlariga ega bölib, ança zamonaviyroq texnologiyalardan va jihozlardan foydalana oladi, çunki ularning baland narxi xöjalik kölamining kengligi bilan özini oqlaydi. Yakka tartibdagi işlab çiqariş esa ölçamlari kiçik bölgani, kreditorlarni qiziqtira oladigan aktivlar yöqligi bois zayom olişda çeklangan imkoniyatlarga ega. Holbuki, aynan mayda xöjaliklar ommaviyligi bois aholi bandligi yuqori darajaga kötarilişiga va barqaror içki talab-ehtiyojlarning şakllanişini ta’minlay oladi.
Mayda yer uçastkalari ijara huquqining likvidligi albatta yirik yer uçastkalarining ijara huquqi likvidligiga teng böla olmaydi. Şuning uçun ham har qanday qişloq xöjaligi yeriga egalik huquqini kamsitmagan holda biz uning mayda agrar işlab çiqarişning rivojlanişi uçun ayniqsa muhimligini qayd etmoqçimiz. Yirik tovar işlab çiqarişning ijtimoiy ahamiyatga egaligini e’tiborga olgan holda davlat bunaqa yerlarni xususiylaştiriş borasida ehtiyotkor bölayotganini tuşuniş mumkin. Biroq dehqon xöjaliklarining yerlarini xususiylaştiriş bunaqangi ijtimoiy tahlikalardan xoli bölgani uçun bu işlarni amalga oşirişga talab bor.
Mulkka egalik huquqidan farqli ölaroq, ijara munosabatlari qişloq xöjaligi yerlarining tölaqonli oborotini sezilarli tarzda çeklab qöyadi. Yer ijarasi huquqi qarz majburiyatining ijrosini ta’minlovçi çora sifatida yerga egalik huquqiga raqobat qila olmaydi. Yerdan foydalaniş sohasida xususiy mulk maqomidagina yer avval ham, hozir ham eng qadrli bölgan va şunday bölib qolaveradi. Agrar sektorda xususiy mulk maqomidagina yer avval ham, hozir ham eng serxaridor va qadrli bölgan va şunday bölib qolaveradi.
Agar qişloq xöjaligi yerlariga xususiy mulk maqomi berilmasa, qişloq xöjaligi sektorini moliyalaştiriş, şu jumladan, zayom hisobiga moliyalaştiriş sustligiça qolaveradi. Natijada yer unumdorligi muammosi yeçilmaydi.
Masalan, prezidentning 2021 yil 13 apreldan kuçga kirgan 6207-sonli “Kapital bozorini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoniga köra, korporativ va zayomli moliyalaştiriş vositalarining joriy etilişi közda tutilgan. Şunaqangi moliyalaştiriş uslublaridan biri sukuk deya ataluvçi Islom obligatsiyalari bölib, olingan zayom qaytarilişining kafolati sifatida köçmas mulkdan foydalanişni közda tutadi. Agar qişloq xöjaligi yerlari xususiylaştirilmasa, qişloq xöjaligi sektorida Islomiy moliyalaştiruv jiddiy çeklovlar ostida qoladi, negaki sukuk uçun garovga qöyilgan aktivlarning likvidligi juda muhim sanaladi.
Ilhom Azizov,
Umida Haqnazar
Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazarini ifodalamasligi mumkin.