Farmonga köra, davlat mulkini ijaraga beriş tartibini takomillaştiriş maqsadida:

- ijara şartnomasi tuzilgan kundan ijaraga oluvçi tomonidan yillik ijara tölovlari 1 oy davomida tölangan taqdirda, unga yillik ijara summasidan mazkur şartnoma tuzilgan sanadagi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida çegirma beriladi;

- 6 oy davomida elektron onlayn auksion savdolarida ijaraga berilmagan obektlarning boşlanğiç narxi 50 foiz pasaytirilgan qiymatda belgilanadi. Bunda boşlanğiç narx pasaytirilganda ham ijaraga berilmasa, uşbu auksion unda 1 iştirokçi qatnaşgan taqdirda ham, istisno tariqasida, ötkazilgan deb hisoblanadi.

2025 yil 1 iyuldan Savdo-sanoat palatasining hududiy bölinmalariga «Davlat mulki» axborot tizimi orqali davlat va davlat iştirokidagi korxonalar köçmas mulk obektlarini sotiş uçun töğridan-töğri elektron onlayn auksion savdolariga çiqariş böyiça ariza topşiriş huquqi beriladi.

Tadbirkorlarni (jumladan, davlat iştirokidagi korxonalarni) tugatiş töğrisida röyxatdan ötkazuvçi organ xabardor qilingan sanadan ularning moliya-xöjalik faoliyati töxtatiladi hamda yer soliği, mol-mulk soliği, suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq, şuningdek, barça turdagi soliq va yiğimlar böyiça penyalarni hisoblab yoziş, dividendlar hisoblaş taqiqlanadi.

2025 yil 1 oktyabrdan egasiz köçmas mulk obektlarini davlat mulki obekti sifatida davlat röyxatiga oliş böyiça murojaatlar tegişli sudga Davlat aktivlari agentligi tomonidan kiritiladi.