O‘zbekiston | 11:55 / 29.07.2022
6690
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston TIV rahbari ShHTni yanada rivojlantirish bilan bog‘liq muhim jihatlarni sanadi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Toshkentda boshlangan ShHT TIVK yig‘ilishidagi nutqida ShHT faoliyatini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq muhim jihatlarni sanab o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Kun.uz

«Biz xalqaro munosabatlarda tub o‘zgarishlar va global qayta qurish davriga guvoh bo‘lmoqdamiz. Ushbu jarayon beqarorlik va iqtisodiy noaniqlikning kuchayishi bilan bog‘liq», dedi u.

Qayd etilishicha, internet olamida axborot xavfsizligi sohasidagi xavfli tendensiyalar - kibertahdidlarni yaratish, ekstremistik, separatistik va terroristik murojaatlarni tarqatish, buzg‘unchilik maqsadlariga yo‘naltirilgan soxta yangiliklar tobora ortib bormoqda.

«O‘zbekistonda yaqinda ro‘y bergan fojiali voqealar mintaqada tinchlik va barqarorlikni buzishga urinayotgan buzg‘unchi kuchlarning axborot tahdidlaridan foydalanganidan dalolat beradi», deydi Vladimir Norov.

Ma’lum qilinishicha, ushbu muammolarga va «uch yovuz» kuchga qarshi turishda birdamlikning yanada yaqqol namoyon bo‘lishi har qachongidan ham dolzarb bo‘lib bormoqda. ShHT davlatlari axborot va boshqa yangi tahdidlardan himoya qilish, «Shanhay ruhi» tamoyillari asosida do‘stlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni mustahkamlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni birlashtirishi zarur.

«ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi faoliyatini xavfsizlik, jumladan, kiberjinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi o‘zgaruvchan voqelikka moslashtirish masalasi mavjud», dedi O‘zbekiston TIV rahbari.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid