Magistral gaz quvurlari bilan bino-inshootlar orasida qancha masofa bo‘lishi kerak?
Xonadonda bir kun gaz bo‘lmasa, kayfiyatimizga ta’sir qilishishini har birimiz yaxshi bilamiz. Zudlik bilan tarmoq xodimlariga qo‘ng‘iroq qilib, holatni o‘rganamiz. Ammo shu gaz xonadonlarga yetkazilib berilishidagi mashaqqatli jarayon, magistral gaz quvurlari o‘tgan joylarda mavjud xavfdan ogoh bo‘lish haqida har doim ham o‘ylayvermaymiz.
Xo‘sh, aslida tabiiy gaz aholiga va iste’molchilarga qanday yetkazib beriladi? Magistral gaz quvurlari atrofida mavjud muhofaza maydonlari haqida tasavvurga egamizmi? Magistral gaz quvurlari bilan qurilmalar orasida qancha masofa bo‘lishi kerak? Magistral gaz quvurlari aholi xonadonlariga yaqin joyda bo‘lsa, mavjud xavf haqida nimalarni bilishimiz joiz?
Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasi tasarrufida:
- Umumiy uzunligi: Magistral gaz quvurlari va gaz tarmoqlari - 748,8km.
- Gaz taqsimlash stansiyani (Gs) - 49ta.
- “Ohangaron” gaz siqish stansiyasini tashkil etadi.
- Magistral gaz quvurlar va uning tarmoqlari quvurlarining diametri 89 mmdan, 1220 mmgachani tashkil qiladi. Magistral gaz quvurlari va uning tarmoqlaridagi ishchi bosim
- 12 kgs/sm2.dan ÷ 40 kgs/sm2.gacha oraliqda o‘zgarib turadi.
Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan tabiiy gazni o‘lchov O‘zellari orqali “O‘ztransgaz” AJ tasarrufidagi qo‘shni Farg‘ona MGQB, Toshkent viloyatiga hamda Toshkent shahri iste’molchilariga yetkazib beriladi, dedi Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasi Gaz tarmoqlarini Ekspluatatsiya xizmati mutaxassisi S.B.Jovliyev. Bu quvurlar atrofida quvur hajmidan kelib chiqqan holda eng kam xavfsiz masofa va muhofaza mintaqalari belgilangan. Bunday maydonlarda bino-inshoot qurish yoki qishloq xo‘jalik ekinlari ekib foydalanish xavflidir. “O‘ztransgaz”AJ, Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasi tizimidagi mas’ul bo‘limlar mutaxassislari tomonidan muhofaza mintaqalarida joylashgan qurilmalarni xavfsiz joylarga ko‘chirish, quvurlar atrofidagi mavjud xavf to‘g‘risida muntazam tarzda tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Natijalar bor. Lekin hali bu boradagi ishlar to‘liq hal etilmagan joylar ham yo‘q emas.
Ekspluatatsiyaning normal sharoitini ta’minlash va quvurlar buzilishiga (ularning har qanday o‘tkazilishidan qat’i nazar) yo‘l qo‘ymaslik uchun «Magistral gaz quvurlarni himoya Qoidasi»ga va O‘zbekiston Respublikasi «Yer kodeksi»ning 69-moddasiga asosan, muhofaza mintaqasi o‘rnatilgan:
Magistral gaz quvurlari yotqizilgan hududda joy mavzelari, aholi punktlari, sanoat va qishloq xo‘jalik korxonalari, imoratlar (turar joy va noturar joy binolar) qurilishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan taqiqlangan.
Toshkent va Sirdaryo viloyatlari hududidan o‘tgan magistral gaz quvurlarining muhofaza mintaqalari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va Qurilish Qo‘mitasi tomonidan 1997 yil 2 mayda tasdiqlangan “Qurilish Me’yorlari va Qoidalari” (QMQ 02.05.06-97)ning 4-jadvali 1-bandiga asosan quvur diametriga qarab, quvur o‘qidan har ikki tomonga 100 metrdan – 350 metrgachani tashkil etadi.
Magistral gaz quvurlarni himoya mintaqasi Qoidalari buzilishiga aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar va fuqarolar, O‘zbekiston Respublikasi «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksining «Magistral quvurlar himoyasi qoidalarini buzish» haqidagi 150-moddasiga asosan, javobgarlikka tortiladilar.
Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan magistral gaz quvurlarining muhofaza mintaqalarida joylashgan bino va inshootlar favqulodda holat sodir bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan xavfli hududda turibdi. Jumladan, Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasi tasarrufidagi magistral gaz quvurlari va uning tarmoqlarining muhofaza mintaqalarida bugungi kunda jami 367 ta turar va noturar bino inshootlar mavjud.
Ta’kidlash kerakki, Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan bu qurilmalarning egalari mavjud xavf va qurilmalarni xavfsiz joyga ko‘chirish to‘g‘risida har chorakda og‘zaki va yozma ogohlantiriladi, Ularning ijrosi ta’minlanmagan taqdirda sudlarga da’vo arizalari kiritiladi.
2022 yilning o‘tgan davrida birgina Qibray tumanidagi magistral gaz quvurlarining muhofaza mintaqalarida mavjud qurilmalar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudiga 26 ta da’vo arizasi kiritildi. Arizalar ko‘rib chiqilgan va qurilmalarni xavfsiz joyga ko‘chirish bo‘yicha sud hal qiluv qarorlari ham chiqarilgan. Lekin ularning ijrosi sustligicha qolmoqda. Ijrosi paysalga solingani bilan mavjud xavf kamayib qolmaydi.
Sobiq ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha Qibray tumani komissiyasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning 205-moddasi 1-qismi, 228-moddasi 2-qismi “a” bandi va 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Buni to‘g‘ri tushunish va belgilangan me’yorlarga rioya qilish har birimizning burchimizdir.
Qachonki, biror joyda gaz sizib chiqib, kimdir moddiy zarar yoki insoniy talafotga yo‘liqqanda aybdorni qidirgandan – xatarning oldini olgan yaxshiroq. Magistral gaz quvurlarining atrofida o‘ta ehtiyotkorlik zarurligi, belgilangan maydonlarga daxl qilmaslik esa har birimiz uchun shart ekanligini unutmaslik zarur.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
22:37 / 26.09.2024
Surxondaryoda YTH sodir etgan Lacetti gaz quvuriga urildi. Qariyb 2 mingta xonadon gazsiz qoldi
17:00 / 26.09.2024
"Sho‘rtan-Sirdaryo" magistral gaz quvurining nuqsonli qismlari almashtirilmoqda
21:09 / 19.09.2024
AQShdagi kimyo zavodida yuz bergan yong‘inni to‘rt kundan beri o‘chirib bo‘lmayapti
22:34 / 21.08.2024