O‘zbekiston | 15:29 / 01.08.2022
2415
1 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Norov YeXHTning milliy ozchiliklar bo‘yicha oliy komissari bilan uchrashdi

2022 yil 1 avgustda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov YeXHTning milliy ozchiliklar bo‘yicha oliy komissari Qayrat Abdurahmonovni qabul qildi.

Foto: yuz.uz

Oliy komissar mamlakatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash, xorijiy davlatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirish borasida olib borilayotgan siyosatni yuksak baholadi. O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi yaxshi qo‘shnichilik siyosati mintaqa xalqlari va elatlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashda ijobiy o‘rin tutayotgani alohida ta’kidlandi.

Qayrat AbdurahmonovO‘zbekistonda barcha millat va elat vakillari bilim olishi, mehnat qilishi, ijodiy qobiliyat va salohiyatini namoyon etishi uchun barcha shart-sharoit yaratilganini qayd etdi. 

Jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish ustuvor maqsadlaridan biri etib belgilanganini olqishladi.

Tomonlar barcha masalalar bo‘yicha o‘zaro manfaatli munosabatlarni izchil rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid