Fiat Chrysler avtomobil işlab çiqaruvçi konserni AQŞda avtomobildan çiqariladigan zararli gazlar töğrisidagi ma’lumotni kamaytirib körsatgani böyiça iş yuzasidan taxminan 300 mln dollar tölaydi. 1 avgust, duşanba kuni Detroyt federal sudi uni zararli gazlar körsatkiçi böyiça firibgarlikda aybdor deb topdi hamda uni tovon puli tölaş, şuningdek, uç yillik sinov muddatiga hukm qildi, deb xabar berdi AQŞ Adliya vazirligi. 

Şu tariqa, sud Stellantis xalqaro avtomobil guruhi tuzilmasiga kiruvçi konsernning AQŞ Adliya vazirligi bilan iyun oyida öz aybiga iqror bölgani holda tuzgan kelişuvini ma’qulladi. AQŞ rasmiylari Fiat Çrysler’ni 100 mingdan ortiq dizel dvigatelli avtomobillarga zararli gazlar körsatkiçini kamaytirib körsatadigan dasturiy ta’minot örnatganlikda ayblagan. Gap Jeep Grand Cherokee va Ram 2014, 2015, 2016 yilgi modellari haqida bormoqda. 

2017 yilda AQŞ Adliya vazirligi bu iş böyiça rasmiy ayblov e’lon qildi. Öz navbatida, konsern rahbariyati aybini va Volkswagen atrofida avvalroq yuzaga kelgan mojaro bilan öxşaş jihatlarni rad etdi. Biroq, 2019 yilda Fiat Chrysler AQŞda fuqarolik da’volari böyiça yuzlab million dollar tölaşga majbur böldi.

Avvalroq xuddi şunday janjal Germaniya avtomobilsozlik sanoatida ham kuzatilgan edi. Volkswagen avtomobil işlab çiqaruvçisi 2015 yil sentabrida AQŞ hukumati tomonidan boşlangan tekşiruvlar natijasida dunyoda sotilgan bir neça million avtomobilga dvigatelning ekologik standartlari sinovlarini manipulyatsiya qilişga imkon beruvçi dasturiy ta’minot örnatganini tan olişga majbur böldi. «Dizelgeyt» texnik soxtalaştirişlarni bartaraf etiş uçun VW mahsulotlarini AQŞ bozoridan ommaviy ravişda çaqirib olişga sabab böldi. Konsern Qöşma Ştatlar rasmiylari bilan mojaroni bartaraf etiş doirasida köp milliard dollarlik jarimalar va tovon puli tölaş böyiça kelişuvga erişdi. 

Keyinçalik Volkswagen Germaniya va Yevropaning boşqa mamlakatlari, şuningdek, Avstraliyada tovon puli tölaşga hukm qilindi. Bundan taşqari, bir qator boşqa avtomobil işlab çiqaruvçilar, jumladan, BMW va Opel ham dizel yonilğisidan çiquvçi zararli gazlar töğrisidagi ma’lumotlarni manipulyatsiya qilişda aybdor deb topildi.